Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi Sirdaryoda öqituvçiga qöl kötargan ayol işi sudda körib çiqilgani va uning ruhiy kasalliklar şifoxonasida majburiy davolanişi böyiça hukm çiqarilganini ma’lum qildi.

Bir neça kun oldin Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda fuqaro G.X. dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, öqituvçini haqorat qilib, unga qöl kötargani aks etgan video jamoatçilik örtasida keskin muhokamalarga sabab bölgan edi. Keyinroq ayol uzr sörab ham çiqqandi.

Ta’kidlanişiça, holat böyiça Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli bandlariga köra ma’muriy iş qözğatilib, Jinoyat işlari böyiça Sirdaryo tuman sudida körib çiqilgan.

Sudga viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasi tomonidan berilgan psixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Uşbu ekspertiza xulosasida qayd etilişiça, fuqaro G.X. aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda öz harakatlariga javob bera olmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda sud fuqaro G.X.ning umumiy tartibli ruhiy kasalliklar şifoxonasida majburiy davolanişi yuzasidan hukm çiqargan. Ayni vaqtda u ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan.

Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Sirdaryodagi holat yuzasidan yana bir bor munosabat bildirib, öqituvçilar qadr-qimmatini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlar işga solinişini ma’lum qildi.

«Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda dars vaqtida sinfxonaga bostirib kiriş, öqituvçini haqoratlaş, öquvçilar oldida izza qiliş, hatto döpposlaş holatlari tez-tez muhokama markaziga çiqyapti. Yaqinda Sirdaryoda bölgan holat ham şular jumlasidandir», – deydi vazir.

Hilola Umarova bu kabi zöravonlik holatlari yuz berganda öqituvçi-pedagoglarni himoya qiliş uçun kerakli yuridik, ijtimoiy, psixologik yordam berilişini bildirib ötdi.

«Şuni tuşunib olişimiz kerakki, maktabga duç kelgan odam (dars vaqtida hatto ota-ona ham) istaganiça kirib-çiqiş, dars jarayoni va pedagoglar faoliyatiga aralaşiş, öqituvçiga döq qiliş uyoqda tursin, madaniyat çegarasidan çetga çiqib gaplaşişga haqli emas», – deydi maktabgaça va maktab ta’limi vaziri.