Xonanda Şirin Abdullayeva 19 yoşida vafot etdi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi xabar berdi.

Uning vafoti sabablari keltirilmadi. U katta ehtimol bilan xastalik (meningit) bilan kuraşib kelgan.

Şirin Abdullayeva 2005 yilda Namangan şahrida tuğilgan. Qöşiqçi 2023 yilda san’at yönalişi böyiça Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangandi.

U respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnaşgan, şuningdek, kinoda ham suratga tuşgan. Uning «Löli», «Metro», «Bezori» va boşqa qöşiqlari YouTube`da millionlab marta körilgan.

Şirin Abdullayeva tadbirkor, tarkibida 20 dan ortiq korxonani birlaştirgan BA Holding ta’sisçisi Bahodir Abdullayevning beş nafar qiz farzandidan eng kenjasi bölib, otasi qizi haqida YouTube’dagi Jahongir Latipov blogiga bergan intervyusida gapirib ötgandi.

«[4 qizdan keyin] 5-farzandni UZIda öğil bola deyişgan. Şuning uçun öğil bola kutganmiz. Köproq onasi öğil xohlagan. Tuğuruqxona taşqarisida kutib turibmiz, hamşira qiz çiqib, «Bahodir aka, qiz muborak bölsin!» deganda kulib yubordim, xursand bölib ketdim. Nega ekanini özim ham bilmayman…

Içkariga kirib, onasi, muborak bölsin qiz farzand, desam, yiğlab, teskari qarab olgan. Meni xafa böldi deb öylagan ekan. Men esa unga bunday qilmaslikni, mingdan ming rozi ekanimni aytganman. Hali körasan, 4 ta qizingdan ham zör böladi şu kenja qizing, deganman. Mana, opalaridan kam bölmadi», — deb eslaydi Abdullayev qizining tuğilişini.