Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 13 fevraldagi yiğilişida «Proaktiv pensiya tayinlaş tizimiga ötiş töğrisida»gi qonunni birinçi öqişda qabul qildi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uşbu qonun loyihasi bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida»gi qonunga pensiya oliş yoşiga tölgan (erkaklar 60 yoş, ayollar 55 yoş) fuqarolarga yoşga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv şaklda tayinlaş tartibini belgilaşga oid özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Hozirda fuqarolar pensiya oliş uçun ariza berişi va tölovlarga bölgan huquqlarini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi kerak. Endilikda bu jarayon tegişli vazirlik va idoralar örtasida axborot almaşinuvi doirasida avtomatlaştiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Gulnora Rahimova mazkur özgarişlar tufayli yiliga örtaça 250 ming nafar fuqaroning Pensiya jamğarmasi va davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilişiga töğri kelmasligi, bu esa vaqt va mablağni tejaş imkonini berişi haqida ma’lum qildi.
«Qonun loyihasining qabul qilinişi aholiga pensiya tayinlaş tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etgan holda, davlat tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oşirişga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, prezidentning 2023 yil 31 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 martdan pensiya tayinlaşning proaktiv şaklini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Şuningdek, 1 martgaça fuqarolarga pensiya tayinlanişi yoki pensiya miqdoriga ta’sir qiluvçi qöşimça hujjatlarni taqdim etiş yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuboriş tartibi joriy etiladi.

















