Samarqand viloyati, Narpay tumanida öz kelinini öldirgan qaynona 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «Zamon» teledasturida xabar berildi.
Hodisa 2024 yil 3 oktabr kuni Narpay tumanida sodir bölgan. Ayol öğlining yöqligidan foydalanib, kelini bilan mojaro boşlagan. Janjal davomida kelinini telefonni zaryadlovçi sim bilan böğgan, söng şişa idiş, qayçi va piçoq bilan jarohatlagan. Kelin tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Qotillikdan söng qaynona qoçişga uringan, lekin köp ötmay qölga olingan.
Ta’kidlanişiça, ayol birinçi kunlardanoq kelinini kamsitib, haqorat qilişni boşlagan. Kelin bu haqda onasiga doimiy şikoyat qilgan.
Ayblanuvçi avvalroq ota-onalik huquqidan mahrum qilinib, farzandlarini mehribonlik uyiga taşlab ketgan. Biroq voyaga yetgan öğlining töyidan söng, yaşaşga joyi yöqligi bahonasida uyiga qaytgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «g» bandi (Öta şafqatsizlik bilan qasddan odam öldiriş) bilan aybdor deb topib, jazoni yengillaştiruvçi ba’zi holatlarni hisobga olib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.













