AQŞ Soliq boşqarmasi (IRS) minglab xodimlarini işdan böşatişga tayyorgarlik körmoqda, deb xabar beradi Associated Press. Tegişli qaror Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) xodimining taşrifidan keyin darhol qabul qilingan.
Agentlik ma’lumotlariga köra, gap hali tölaqonli mehnat şartnomasini imzolaşga ulgurmagan sinov muddatidagi xodimlar haqida ketmoqda. Ular bilan mehnat şartnomasi joriy haftada buzilişi kutilyapti.
Oq uy ham, Soliq boşqarmasi ham mazkur ma’lumotga izoh bermagan. ABC News manbalarining ta’kidlaşiça, IRS’ning sinov muddatidagi 15 mingga yaqin xodimi işsiz qoladi. Telekanal suhbatdoşiga köra, qisqartirişlar soliq deklaratsiyalarini töğridan-töğri qayta işlaşga boğliq bölmagan xodimlarga taalluqli, şu bois ularning işdan ketişi IRS faoliyatiga ta’sir körsatmasligi kerak.
Telekanalning ta’kidlaşiça, DOGE xodimi AQŞ Soliq boşqarmasi ştab-kvartirasiga 13 fevral kuni taşrif buyurgan. Uning maqsadi IRS’ning texnik ta’minotini tekşiriş, şuningdek, soliq xizmati tekşiruvlari qanday ötkazilayotganini biliş bölgan.
Eslatib ötamiz, ögan hafta Yadro xavfsizligi milliy boşqarmasining (NNSA) 400 nafargaça xodimi, jumladan, NNSA’da yadroviy qurollarni yaratiş va ularga xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar işdan böşatilgani töğrisida xabar berilgandi. AP manbasiga köra, NNSA xodimlari 13 fevral kuni «kutilmaganda» işdan böşatilgan. Keyinroq Tramp administratsiyasi NNSA’ning yuzlab xodimlari işdan böşatilişini bekor qildi.









