NASA ma’lumotlariga köra, 2024 YR4 asteroidining 2032 yil dekabrida Yer bilan töqnaşiş ehtimoli 3,1 foizga yetdi. Bu uni hozir kuzatilayotgan eng xavfli asteroidga aylantiradi. Şu paytgaça osmon jismlaridan birortasining Yer bilan töqnaşiş xavfi bunday darajaga yetmagan edi.
Xavotirli statistik ma’lumotlarga qaramay, mutaxassislar odamlarni xotirjam bölişga çaqirmoqda. Olimlar obektning trayektoriyasini kuzatişda davom etyapti. Mart oyida u Jyeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan örganiladi. Bunday prognozlar köpinça qayta körib çiqiladi va vaqt ötişi bilan tahdid ehtimoli kamayadi, dedi Bryus Bets, Planetary Society jamiyati boş olimi.
Asteroid birinçi marta 2024 yil 27 dekabrda Çilidagi El Sauce rasadxonasida topilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uning diametri 40 metrdan 90 metrgaça. Agar u Yerga tuşsa, zarba tezligi soatiga (64 ming km/s bölişi mumkin, bu taxminan 8 megaton trotil portlaşiga teng - Xirosimadagi yadro portlaşdan 500 baravar katta.
Hozirgi vaqtda hisob-kitoblar ehtimoliy ta’sir zonasi Tinç okeanining şarqiy qismini, Janubiy Amerikaning şimolini, Atlantika okeanini, Afrikani, Arabiston yarim oroli va Janubiy Osiyoni qamrab olişini körsatmoqda. Biroq, bu ma’lumotlar yanada aniqlaştirilişi kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, ehtimoliy töqnaşuvga tayyorgarlik uçun yetarli vaqt bor. 2022 yilda NASA DART missiyasi kosmik kema yordamida asteroid orbitasini muvaffaqiyatli özgartirdi, ya’ni agar real tahdid yuzaga kelsa, falokatning oldini oliş çoralari körilişi mumkin.

















