Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni energiya samaradorligini oşiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Bu haqda 28 yanvarda elektr energetikasini rivojlantiriş böyiça ötgan yiğilişda topşiriq berilgan edi.
Qayd qilinişiça, 2035 yilga borib, elektr iste’moli hozirgidan 1,7 barobar oşişi hisob-kitob qilingan. Bu talabni töliq qondiriş uçun faqat işlab çiqariş emas, tejamkorlik ham zarur.
Tahlillarga köra, Özbekistonda 1 dollarlik yalpi içki mahsulot yaratiş uçun dunyodagi örtaça körsatkiçdan 2,5 barobar köp energiya sarflanyapti. Elektr tarmoqlaridagi yöqotişlar 14 foiz, tabiiy gazda esa 7 foizdan yuqori. Şu bois olimlar jalb qilinib, joylarda energiyani tejaş imkoniyatlari ilmiy asosda örganilmoqda. Hozirgaça 7 ta viloyatda 4,6 milliard kilovatt-soat elektr va 1 milliard kub metr gazni iqtisod qiliş imkoniyatlari aniqlangan.
Taqdimotda şu kabi örganişlar asosida işlab çiqilgan takliflar muhokama qilindi.

Misol uçun, suv xöjaligidagi eski nasoslarni zamonaviysiga almaştirib, yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektrni tejaş mumkin. Ijtimoiy muassasalarda qozonxonalarni yangilaş, “yaşil” energiyadan foydalaniş orqali bu yil 5 million kub metr gaz, 15 million kilovatt-soat elektrni iqtisod qilsa böladi. Umuman, bu yil 1,6 milliard kub metr gaz va 3,5 milliard kilovatt-soat elektrni tejaş möljallangan. Buning uçun har bir korxona va taşkilotga ilmiy asoslangan çora-tadbirlar yetkaziladi.
Jumladan, yirik sanoat korxonalarida bir mahsulot birligi işlab çiqarişga ketadigan energiya me’yori belgilanadi. Şuning özidan energiya sarfi 5-10 foiz qisqartiradi. Ijtimoiy obektlarda energiya tejamkor uskunalarni örnatiş böyiça manzilli dastur tasdiqlanadi.
Köp qavatli uylarda issiqlikni yaxşi saqlaş uçun ularni izolyatsiyalaş kengaytiriladi. Xonadonlarda geliokollektor va quyoş paneli örnatişga arzon kreditlar beriladi. Iste’molçilar Yaponiya tajribasi asosida energiya tejaş savodxonligi böyiça öqitiladi.
Davlat rahbari iqtisodiyotning barça tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joylarda tejamkorlik muhimligini ta’kidladi. Hudud va tarmoqlar kesimida energiya isrofini kamaytiriş, talon-torojliklarning oldini oliş böyiça qat’iy körsatmalar berildi.

















