Joriy yilning fevral oyida qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş uçun Navoiy viloyatidagi 31 ta yer qa’ri uçastkasi «E-auksion» savdo platformasi orqali 25,1 mlrd sömga sotildi. Ammo xaridorlar xitoyliklarga töliq tegişli kompaniyalar emas, deb xabar berdi «Yer qa’ridan foydalaniş markazi» DM.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda auksion ğoliblari Xitoy kompaniyalari ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlanişiça, yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş huquqi uçun ruxsatnomalar «Yer qa’ri töğrisida»gi Qonunning 32-moddasiga muvofiq faqat Özbekistonda röyxatidan ötgan yuridik şaxslarga yoki Özbekiston fuqarolariga beriladi. Mazkur talabdan kelib çiqib elektron savdolarda Özbekistonning 12 ta korxonasi ğolib deb topilgan. Ularning ayrimlari töliq Özbekiston fuqarolariga tegişli, ayrim korxona ta’sisçilarining örtaça 70 foizi Özbekiston fuqarolari, faqat xorijiy davlat, jumladan Xitoy fuqarolariga töliq tegişli bölgan birorta ham korxona yöq.
Qayd qilinişiça, ğolib deb topilgan «Xinlong Mining Drilling» MÇJ asosiy ta’sisçisi (70 foiz) hamda «Zhonghuitong Mining» MÇJ asosiy ta’sisçisi (97,6 foiz) Özbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.
Şu bilan birga ta’kidlanişiça, yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini beradigan ruxsatnomalar 3 yil muddatga berilib, yerga egalik huquqini bermaydi. Faqat yer qa’ridan foydali qazilmani oliş huquqini berib, ruxsatnoma egasi oltin izlovçilar usulida qazib oliş işlari jarayonida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qiliş va ularni kelgusida foydalaniş uçun yaroqli holatga keltiriş majburiyatini oladi.
Xabarda qayd etilişiça, yer qa’ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini olgan foydalanuvçilarga davlat tomonidan bir qator majburiyatlar yuklatilgan bölib, unda işçi-xodimlarining 70 foizi Özbekiston fuqarosi bölişi lozimligi belgilangan.
Ta’kidlanişiça, qimmatbaho metallarni oltin izlovçilar usulida qazib oliş faoliyati tadbirkorlik tavakkalçiligi asosida olib boriladigan faoliyat bölib, bu uçastkalarni sanoat miqyosida qazib oliş işlarini amalga oşiriş iqtisodiy jihatdan özini oqlamaydi. Şu bois bunday yer uçastkalari tadbirkorlarga şaffoflikni ta’minlagan holda daromad oliş uçun sotiladi. Sotilgan yer qa’ri uçastkalarida faoliyat olib borayotgan mahalliy yoki xorijiy investorlar sohaga yangi texnologiyalar, uskunalar kiritadi, yangi iş örinlarini yaratadi.
Xabarga köra, tadbirkorlar tomonidan realizatsiya qilingan qimmatbaho metallar sotuvining 49,5 foizi yer qa’ri uçastkasi joylaşgan mahalliy budjetga yönaltiriladi hamda hududlarni har tomonlama rivojlantirişga xizmat qiladi.












