Polsha yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtiradi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida, O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti, BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiyaning Polshaga tashrif tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari safar davomida Polsha Savdo-sanoat palatasi prezidenti Marek Klochko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida palata tarkibidagi Polsha ishbilarmon doiralari vakillari va xorijiy kompaniyalar bilan eksport-import yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatning yirik savdo tarmoqlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Meva-sabzavot va chuqur qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polshaga yetkazib berish hamda bu borada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ahdlashib olindi.
Shu bilan birga, Polshaga tashrif doirasida BMB Holding delegatsiya ushbu mamlakatning bir qator yirik biznes vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Polshaning Contractus kompaniyasi prezidenti Vitold Karchevskiy bilan uchrashuv chog‘ida za’faron va qo‘shilgan qiymatga ega, chuqur qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polsha bozoriga eksport qilish, shuningdek, agrosanoatdagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari xususida fikr almashildi. Tomonlar yuqori sifatli meva-sabzavot urug‘larini sinov tariqasida O‘zbekistonda yetishtirish va polshalik mutaxassislar bilan tajriba almashish borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
O‘zbekistonning turli sohalariga sarmoya kiritib kelayotgan EQUNICO kompaniyasi prezidenti Kshishtof Dlugosh bilan o‘tkazilgan uchrashuvda, BMB Holding tizimidagi korxonalar tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polshaning eng yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berish hamda birgalikda investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.
Navbatdagi uchrashuv, Polshadagi oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji ishlab chiqaruvchi hamda eksport-import qiluvchi FoodWell kompaniyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha vakili Zaza Axvlediani bilan bo‘lib o‘tdi. Unda mayiz, yong‘oq, bodom, quritilgan anjir va boshqa mahsulotlarni Polshaning yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

16:21 / 24.01.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi mumkin

14:51 / 13.01.2025
51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatish yo‘lga qo‘yiladi

08:22 / 30.05.2024
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari ma’lum qilindi

22:31 / 28.05.2024