Janubi-Şarqiy Osiyodagi eng yirik banklardan biri hisoblangan DBS Group Holdings Ltd. uç yil davomida 4 ming xodimini işdan böşatadi. Bunga sun’iy intellekt texnologiyasi oldinlari insonlar tomonidan bajarilgan vazifalarni tobora yaxşiroq uddalayotgani sabab bölmoqda.
Bankning boş ijroçi direktori Piyuş Gupta uşbu rejani Press Trust of India naşriga tasdiqlagan. Uning ta’kidlaşiça, vaqtinçalik xodimlar va şartnoma böyiça işçilar işdan böşatiladi, qisqartirişlar doimiy xodimlarga ta’sir körsatmaydi.
Qayd etilişiça, DBS bankining ştati salkam 41 ming kişini taşkil etadi.
Bloomberg Intelligence’ning yozişiça, yaqin 3-5 yil içida dunyo banklari sun’iy intellektning joriy etilişi sabab 200 minggaça iş örinlarini qisqartirişi mumkin. Şu bilan birga, JPMorgan Çase’da sun’iy intellektga mas’ul bölgan Tereze Xaytsenreterning sözlariga köra, hozirça uşbu texnologiyaning joriy etilişi evaziga bank ştatlari faqat kengaytirilmoqda.
Avvalroq Janubiy Koreya şaharlari sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaşga tobora köproq e’tibor qaratayotgani, mamlakatning turli joylarida ixtisoslaştirilgan ta’lim markazlari va yangi öquv dasturlari oçilayotgani töğrisida xabar berilgandi.
2024 yil yanvar oyida Davosda bölib ötadigan Jahon iqtisodiy forumi oldidan Xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalari ilğor mamlakatlardagi iş örinlarining 60 foiziga ta’sir körsatişi mumkinligi qayd etilgandi.








