AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni hal qiliş böyiça kelişuvga yaqin vaqtlar içida erişişga umid qilmoqda. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 22 fevral kuni ma’lum qildi.

«Prezident va uning jamoasi mojaroga yakun yasaş uçun har ikki tomon bilan muzokaralarni davom ettirişga katta e’tibor qaratmoqda va prezident biz bunga şu haftada erişa olişimizga qat’iy işonmoqda», — dedi Livitt, lekin Tramp buni qanday amalga oşirmoqçi ekani haqida heç qanday tafsilot keltirmadi.

Matbuot kotibining sözlariga köra, Tramp «Rossiya kelişuv tuzişga tayyor ekaniga işonadi va u kelişuv tuziş uçun kuraşmoqda». Uning qöşimça qilişiça, Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols «kelişuvga erişiş va Ukrainadagi mojaroga barham beriş uçun dam oliş kunlari ham 24 soat işlaydi».

«Prezident qotilliklar töxtatilişini, begunoh odamlar halok bölmasligi va tinçlik bölişini xohlaşini aytdi», — deya qöşimça qildi Oq uy vakili.

Bu vaqtda Ukraina va AQŞ foydali qazilmalar böyiça kelişuvga erişiş uçun muzokaralarni davom ettirmoqda. Donald Tramp 22 fevral kuni AQŞ Ukrainaning muhim minerallari va neftiga, şuningdek, «olişi mumkin bölgan hamma narsa»ga ega bölişni möljallayotganini aytdi.

The New York Times va NV ma’lumotlariga köra, AQŞ rasmiylari 21 fevral kuni Ukrainaga avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rad etgan tabiiy resurslar böyiça kelişuvning yanada qat’iy variantini topşirgan. Yangi variant AQŞ yerosti boyliklarini qazib oliş huquqiga ham ega böladigan bölajak fondga 100 foiz egalik qilişini nazarda tutadi. Şuningdek, OAV ma’lumotlariga köra, Amerika rasmiylari kelişuv variantida fond miqdori 500 milliard dollarni taşkil etişini qayd etgan — Tramp Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam körsatiş uçun Amerika qilgan xarajatlar evaziga aynan şunday miqdordagi kompensatsiya olmoqçi.

Ukraina rasmiylari AQŞning 500 milliard dollarlik qöşma jamğarma yaratiş talabiga qarşi çiqdi, dedi muzokaralar jarayonidan xabardor bölgan ukrainalik mulozim anonimlik şarti bilan Bloomberg agentligiga. Uning sözlariga köra, kelişuvning yangi variantida AQŞning kelgusidagi harbiy va moliyaviy yordami kafolatlari haqida heç narsa yöq.