Farğona şahridagi kompyuter klubida şovqin solib, boşqalarga xalaqit qilgan 8 nafar yigit ulardan tinçlanişni söragan xodimlarni kaltakladi. Klubda şovqin-suron kötarib, fuqarolarni kaltaklaşni boşlagan yigit özini «Otabek Vallomov» deb taniştirgan hamda “kerak bölsa klubni sotib olişi”ni aytgan. Manbaga köra, u farğonalik maşhur tadbirkorning öğli.
21 fevral kuni Farğona şahridagi kompyuter öyinlari klubida katta janjal sodir böldi. Bu haqda Kun.uzʼga obunaçilar video-dalillar yubordi.
Videoda körinişiça, klubda kompyuter öynab ötirgan yigitlar dastlab şovqin solib, boşqalarga xalaqit qilişgan. Şundan söng kompyuter klubi xodimlari kelib, şovqin solmaslikni söragan. Şovqin töxtamagaç, yigitlarni kompyuterni öçirib qöyiş bilan ogohlantirişgan. Şundan söng dahanaki gap talaşişlar muştlaşuvga aylangan: klubda guruh bölib öyin öynayotgan 8 nafar yigit 2 nafar administratsiya xodimini kaltaklagan.
Klubdagi şovqin-suron va fuqarolarni kaltaklaşni boşlagan yigit özining “Otabek Vallomov” ekanini aytib, kerak bölsa klubni sotib olişini bildirgan. “Xohlagan odamingni boşlab kel”, deb baqirgan. Şuningdek, videoda u klub xodimlarini eng köp kaltaklagani köringan.
Aytişlariça, Otabek Vallomov Farğonadagi maşhur tadbirkor Baxtiyor Vallomovning öğli. U hozirda Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi (badanga örtaça oğir şikast yetkazib, bezorilik qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda ayblanib, qidiruvga berilgan.
Klubda kaltaklangan 2 nafar yigit esa oğir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş uçun Farğona viloyati IIB matbuot xizmati bilan boğlandi. IIB rasmiysi holatdan xabari yöqligini, örganib ma’lumot berişini bildirdi.
Kun.uz ixtiyorida “Otabek Vallomov” manba aytganidek tadbirkor Baxtiyor Vallomovning öğli ekani haqida aniq dalil mavjud emas.
Ma’lumot uçun, Baxtiyor Vallomov 2018 yilda Marğilondagi “Fayz-binokor Oltiariq” korxonasi rahbari örinbosari sifatida “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan quruvçi” faxriy unvonini olgan edi.











