Çilining katta qismi 25 fevral, seşanba kuni elektr energiyasining katta uzilişiga duç keldi, deya xabar bermoqda jahon agentliklari. Reuters ma’lumotlariga köra, ayniqsa, mamlakat poytaxti Santyago va toğ-kon hududlari zarar körgan.
Dpa agentligining Çili içki işlar va jamoat xavfsizligi vazirligiga tayanib aniqlik kiritişiça, gap şimoldagi Arika şahridan mamlakat janubidagi Puerto-Mont şahrigaça bölgan hudud haqida ketyapti. Mahalliy La Tercera gazetasining xabar berişiça, Çilidagi uy xöjaliklarining qariyb 80 foizi elektr ta’minotisiz qolgan. 26 fevralga ötar keçasi (mahalliy vaqt bilan) Çilida blekaut sababli favqulodda holat e’lon qilindi, Santyagoda komendantlik soati joriy etildi.
Reuters agentligining öz muxbiriga tayanib xabar berişiça, Santyagoda blekaut fonida köça çiroqlari öçgan va metro işlamay qolgan. Agentlikka ismi oşkor etilmagan manbaning aytişiça, dunyodagi eng yirik mis rudasi koni - Eskondidada ham quvvat yöqolgan. Öz navbatida, Codelco mis qazib oluvçi davlat kompaniyasi uning barça konlari blekautdan zarar körganini bildirdi.
Çili fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi DGAC ma’lumotlariga köra, blekaut Arturo Merino xalqaro aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmagan, ammo LATAM Airlines ba’zi reyslarga ta’sir qilişi mumkinligini aytdi.
Çili içki işlar vaziri Karolina Toaning sözlariga köra, hodisaga mamlakat şimolidagi elektr tarmoğidagi nosozlik sabab bölgan. U kiberhujumni istisno qildi. Içki işlar vazirligi rahbarining sözlariga köra, elektr ta’minoti «yaqin soatlarda» tiklanişi kerak.












