Sayyoramizda 100 yil va undan ortiq umr köruvçi odamlar soni boşqa hududlarga nisbatan ança yuqori bölgan 5 ta joy mavjud. Mutaxassislar bunday joylarni “Moviy hududlar” deb ataydi. Ular qatoriga Okinava (Yaponiya), Ikariya (Gretsiya) va Sardiniya (Italiya) orollari, Nikoya yarimoroli (Kosta-Rika), şuningdek, Loma-Linda şahri (AQŞ) kiradi. Olimlarning fikriça, uzoq umr körişning siri hayot tarzida, jumladan, ovqatlaniş ratsionida yaşiringan. Şu munosabat bilan tadqiqotçilar uzoq umr köruvçilarning dasturxonida eng köp uçraydigan 10 ta oziq-ovqat mahsulotini aniqladi.

1. Dukkaklilar

Uzoq umr köruvçilar loviya, yasmiq va nöxatni yoqtiradi hamda ularni tez-tez iste’mol qiladi. Dukkakli ekinlar oqsil, tolalar, vitaminlar va minerallarga boy bölib, şu bilan birga glikemik indeksi past hisoblanadi. Bu dukkakli taomlardan söng qondagi qand miqdori barqaror turadi. Bu nafaqat diabetning oldini oliş, balki uzoq vaqt töqlikni saqlab qoliş uçun ham muhim. Bundan taşqari, dukkakli mahsulotlar organizmni yalliğlanişdan himoya qiluvçi va qariş jarayonlarini sekinlaştiruvçi köplab antioksidantlarga boy.

2. Bargli kökatlar

Ismaloq, rukola, salat, mangold, hatto ukrop va petruşka — vitaminlar va boşqa biologik faol moddalarning haqiqiy xazinasidir. Ular lyutein, folat kislotasi va beta-karotin kabi moddalarni öz içiga oladi, şuningdek, oziq-ovqat tolalari manbalari hisoblanadi. Kökatlar ovqat hazm qilişni yaxşilaydi, immunitetni kuçaytiradi, yurak faoliyatini me’yorlaştiradi va miyaning qariş jarayonini sekinlaştiradi. Kökatlarni muntazam iste’mol qiliş kognitiv qobiliyatlarni yaxşilaşi va demensiya xavfini kamaytirişiga aloqador ekani ilmiy jihatdan tasdiqlangan.

3. Yonğoqlar va uruğlar

Yonğoq, bodom, pista, şuningdek, ziğir va çia uruğlari tarkibida foydali yoğlar, jumladan omega, oqsil, kletçatka, vitaminlar va minerallar mavjud. Yonğoqlarni muntazam iste’mol qiliş xolesterin va qon bosimini pasaytirişga yordam beradi, bu esa diabet va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlaniş xavfini kamaytiradi.

4. Butun donli mahsulotlar

Butun donli undan tayyorlangan non, kinoa va jigarrang guruç uzoq vaqt töqlik hissini ta’minlaydigan murakkab uglevodlar manbaidir. Butun donli mahsulotlar tarkibidagi tolalar ovqat hazm qilişga, qondagi qand miqdorini me’yorlaştiriş va xolesterin darajasini pasaytirişga yordam beradi.