Ukraina uçuvçisiz uçoqlari 26 fevral, çorşanbaga ötar keçasi Krasnodar ölkasiga hujum qildi. Guvohlarning sözlariga köra, nişon Qora dengiz sohilidagi Tuapse porti bölgan.
Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçoqlari tinç aholi nişonlariga hujum qilgani haqida e’lon qildi. Gubernator Veniamin Kondratev Telegramʼda Tuapse va Temryuk rayonida xususiy uylar şikastlangani, biroq qurbonlar yöqligini ma’lum qildi.
Şahar aholisi ijtimoiy tarmoqlarda Tuapse dengiz portiga qilingan hujum haqida yozmoqda, portlaşlar aks etgan videolarni joylaştirmoqda. Videolardan birida buzilgan turar joy binosi aks etgan.
Anapa uzra portlaşlar
Rossiya Telegram-kanallari Anapa osmonida ham havo hujumidan mudofaa kuçlari işlayotgani taxmin qilinayotgan portlaşlar haqida xabar bermoqda. Soçi aeroportida «Kover» rejasi joriy etildi, reyslarni qabul qiliş va jönatiş vaqtinçalik töxtatildi.
Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyati» ham UUA hujumi haqida xabardor qilgan. Qora dengiz uzra törtta dron urib tuşirildi.
Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya, Qrim hamda Qora va Azov dengizlari akvatoriyasi ustida 128 ta uçuvçisiz uçiş apparati yöq qilingani haqida xabar berdi. «Krasnodar ölkasi hududida 83 ta UUA, Qrim Respublikasi hududida 30 ta UUA, Azov dengizi suvlarida sakkizta, Qora dengiz suvlarida beşta, Bryansk va Kursk oblastlari hududlarida bittadan UUA urib tuşirildi», — deyiladi idora xabarida.













