Meksikada 13 fevral kuni dunyoda eng köp qidirilayotgan narkosavdogarlardan biri — «Yevropaning kokain qiroli» nomi bilan tanilgan Mark Ebben otib ketilgani ma’lum böldi, deb yozadi Bild.
Ebben uzoq yillar davomida Meksikaning Sinaloa karteli bilan hamkorlik qilib kelgan, uning ölimiga kartel içidagi kelişmovçilar sabab bölgan bölişi mumkin.
2017 yilda kartel yetakçisi Xoakin «El Çapo» Gusman qölga olinganidan keyin Ebben Gusmanning raqibi — Ismayel «Al Mayo» Zambad tarafiga ötib ketgan. Şundan buyon u muntazam xavf ostida qolib kelayotgandi. Ammo uni «döstlarning» özi öldirgan bölişi mumkin, çunki Meksika hukumati Ebbenning iziga tuşib, hibsga olişni rejalaştirayotgani ma’lum bölgandi.
Mark Ebben 13 fevral kuni Mexiko yaqinidagi Atisapan-de-Saragosa haşamatli sportzalidan çiqayotganida otib ketilgan. Qotillik yuz bergan vaqtda u zirhlangan Cadillac’idan bir qadam narida bölgan. Meksika hukumatining ma’lumotlariga köra, jinoyatçilar harbiy politsiyadan atigi 14 daqiqa oldin harakat qilgan.
Ebbenning jasadidan AQŞ Giyohvand moddalarga qarşi kuraşiş boşqarmasi (DEA) xodimining soxta guvohnomasi topilgan. Bu Ebbenning yagona soxta hujjati emas: u Rossiyaga YeI diplomati sifatida sayohat qilgan, Braziliyaga esa Yevropolning maxsus agenti sifatida taşrif buyurgan. U ananas qutilari içiga yaşirilgan 400 kilogramm kokain kontrabandasiga aloqador ekani aytiladi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda Meksika politsiyasi harbiylar bilan birgalikda Sinaloa narkokartelining taxminiy rahbari, narkobaron El Çaponing öğli Ovidio Gusman-Lopesni hibsga olgandi. Şundan söng, narkokartel a’zolari Kuliakan şahrida tartibsizliklarni uyuştirgan edi.












