Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat boşqaruviga kelgandan söng mamlakatni qaytadan transformatsiya qilgani haqida gapirdi.
“Siz davlat boşqaruviga kelgan ilk kunlardan boşlab Özbekistonni qaytadan transformatsiya qildingiz. Siz jamiyatni qayta tikladingiz”, — dedi Pokiston boş vaziri.
Şahboz Şarifning ta’kidlaşiça, bunday natijalarga balandparvoz gaplar orqali erişilmaydi yoki yaxşi bir kengaşni taşkil etiş bilan hal bölib qolmaydi.
“Möjizalar aniq qaraşlar, yuqori dinamika, tinimsiz mehnat va yakdil maqsad sari dadil intiliş orqali paydo böladi. Men mana şunday uluğ sifatlarni sizda kördim”, — deydi u.
Avvalroq Özbekiston va Pokiston tovar ayirboşlaş hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqçi ekanligi haqida xabar berilgandi.












