Istanbulda 27 fevral kuni AQŞ va Rossiya delegatsiyalarining muzokaralari bölib ötdi.

Ikki mamlakat elçixonalari faoliyatidagi muammolarga bağişlangan muzokaralar 6,5 soat davom etdi. TASSning yozişiça, Rossiya va AQŞ delegatsiyalari muzokaralar ötkazilgan joyni matbuotga heç qanday izoh bermagan holda tark etgan.

Muzokaralarda kimlar iştirok etgani noma’lum. RF Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga köra, mamlakat tomonidan muzokaralarda Rossiya—Amerika munosabatlariga mas’ul bölgan TIV vakillari qatnaşgan. Rossiya TIB rahbari Sergey Lavrov unda «yuqori darajadagi diplomatlar» va «ekspertlar» iştirok etişi haqida gapirgandi.

Rossiya va AQŞ Ukrainada uruş boşlanganidan beri birinçi marta 18 fevral kuni Ar-Riyodda muzokaralar ötkazgandi. Tomonlar Rossiya—Amerika munosabatlari, ikki mamlakat prezidentlarining uçraşuvlariga tayyorgarlik köriş, şuningdek, Ukrainadagi uruşni yakunlaş masalalarini muhokama qilgan. Muzokaralar davomida Rossiya va AQŞ Moskva hamda Vaşingtondagi elçixonalari xodimlari sonini oldingi holatiga qaytariş, şuningdek, diplomatik idoralarning normal rejimdagi faoliyatini yölga qöyişga kelişib olgandi.