Özbekiston 2025 yilning ilk oyida 21,8 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu – ötgan yil yanvariga nisbatan 9 foizga köp. Bu haqda Statistika agentligiga hisobotida keltirib ötilgan.

Şuningdek, yanvarda neft, neft mahsulotlari va şunga öxşaş materiallar eksporti ötgan yilga nisbatan 48,2 foizga ösib, 30,2 mln dollarni taşkil qildi. Bundan taşqari, ötgan oyda 17,2 mln dollarlik elektr toki ham eksport qilindi.

Rasmiy statistikaga qaraganda, Özbekiston içki bozordagi talab qondirilmayotgan şaroitda tabiiy gaz eksportini davom ettirayotgani e’tiborli.

Pandemiya bilan ötgan 2020 yilda 478 mln dollarlik gaz eksporti amalga oşirilgan bölsa, 2021 yilda 717 mln dollarlik, 2022 yilda 911 mln dollarlik gaz sotilgan. Özbekiston ilk marta tabiiy gazning netto importyoriga aylangan 2023 yilda 530 mln dollarlik gaz eksporti amalga oşirilgan. 2024 yilda bu raqam 628 mln dollargaça oşgan.

Bundan 5 yil oldin, 2020 yil yanvarida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşi yiğilişida nutq sözlagan boş vazir Abdulla Aripov 2025 yilgaça Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatişni rejalaştirayotganini aytgandi.

“2025 yilgaça Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatiş, uni özimizda töliq qayta işlaş işlaş, şuningdek qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çoralarini köradi”, degandi hukumat rahbari.

Kun.uz hukumatning 2025 yildan boşlab gaz eksportini töxtatişga oid rejasi hali ham öz kuçidami degan savol bilan boş vazir va Energetika vazirligi matbuot xizmatlariga sörov yubordi, ammo bir neça kundirki javob bölmadi.