Londonda Yevropa yetakçilarining Ukrainani qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş masalalari böyiça sammiti boşlandi, deb xabar beradi Bild. Sammit iştirokçilarini Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning şaxsan özi kutib olmoqda.

Ayni vaqtga qadar sammitda iştirok etiş uçun NATO boş kotibi Mark Ryutte, Germaniya kansleri Olaf Şols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Polşa boş vaziri Donald Tusk, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçisi Valeriy Zalujniy yetib keldi.

Sammitda kötariladigan asosiy mavzulardan biri Yevropaning yadroviy xavfsizligi böladi. Makron yadroviy qurolga ega bölmagan Yevropa davlatlari bilan «strategik dialog»ni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan.

«Bizda yadroviy qalqon bor, ularda — yöq. Ular endi AQŞning yadroviy tutib turiş kuçlariga umid qila olmaydi», — deydi Fransiya prezidenti.

Muzokaralarning yana bir mavzusi — AQŞning Yevropa xavfsizligidagi roli. Oq uyda yuz bergan bahsga qaramay, Starmer Donald Trampning Britaniyaga taklifini kuçda qoldirgan. Starmerning ta’kidlaşiça, eng muhimi — içki siyosiy kelişmovçilikka qaramay, Yevropada tinçlik masalasini muhokama qilişdir.

Sammit boşlanişidan oldin Zelenskiy va Meloni uruşni tugatiş böyiça qöşma harakatlar rejasini muhokama qildi. «Ukrainaga işonçli xavfsizlik kafolatlari bilan mustahkamlangan tinçlik kerak», — dedi Ukraina prezidenti Italiya boş vaziri bilan uçraşuvda.