Unda ta’kidlanişiça, Toşkent viloyati, Yuqori Çirçiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida uruğçilik va köçatçilikni yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Buning uçun 200 million dollar sarmoya kiritilib, paxta, buğdoy, şoli, makka, uzum va meva navlari köpaytiriladi. Uruğ olişdan boşlab, uni zamonaviy texnika va dronlar yordamida ekiş, dorilaş, yiğiş va qayta işlaş böyiça namunaviy hudud taşkil qilinadi.
Sifatli navlarni yaratiş tajribasini örganiş maqsadida Italiyadagi Bolonya, Tuşia, Ferrara, Piza oliygohlariga bu yil 200 nafar yoşni yuboriş közda tutilgan. Şuningdek, Tuşia universitetida yiliga 30 nafar oziq-ovqat texnologini grant asosida öqitiş, Özbekistonda kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş taklifini bildirgan.
Ta’kidlanişiça, dunyo tajribasini örganişda öqiş-işlaş dasturlari ham qöl keladi. Masalan, Samarqand agrar instituti, Xalqaro qişloq xöjaligi universiteti ötgan yili bir guruh talabani Germaniya va Angliyaga yuborgan. Toşkent davlat agrar hamda Xalqaro qişloq xöjaligi universitetlari, Farğona oziq-ovqat institutida talabalarni Yaponiyaga yuboriş uçun yapon tili markazlari taşkil etilmoqda.
Taqdimotda rejalar qöllab-quvvatlanib, bunday hamkorlikni Vengriya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi agrosanoat rivojlangan davlatlar bilan ham kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Qişloq xöjaligi vazirligiga hududlarda innovatsion loyihalarni köpaytiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.

















