Ukrainadagi tinçlikparvar amaliyot muvaffaqiyatini ta’minlaş uçun qança harbiy kerak?
|21:53 / 04.03.20256 4319 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Fransiya, Britaniya va Yevropaning boşqa davlatlari öt oçişni töxtatiş rejimini ta’minlaş uçun Ukrainaga qöşin yuborişga tayyor, dedi Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Fransiya moliya vaziri Erik Lombard.
Uning sözlariga köra, bu Rossiya va Ukraina örtasida yaraşuv bitimi tuzilgandan söng mumkin böladi, bunda Yevropa tinçlikparvar kuçlariga AQŞning harbiy yordami kerak böladi.
Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuboriş ehtimoli haqida boşqa yuqori martabali manbalar ham gapirmoqda.
Britaniyaning Telegraph naşri ma’lumotlariga köra, London va Parij Ukrainaga kamida 30 ming yevropalik harbiyni yuborişni nazarda tutuvçi qöşma tinçlikparvarlik rejasini işlab çiqqan.
Naşrning yozişiça, reja Yevropa yetakçilarining 17 fevral kuni Parijda bölib ötgan favqulodda yiğilişida taqdim etilgan. Tinçlikparvar kuçlarni front çiziğida emas, balki şaharlar, portlar va muhim infratuzilma obektlarida joylaştiriş taklif qilinmoqda, u yerda ular sun’iy yöldoşlar, uzoq masofali samolyotlar va dronlar yordamida vaziyatni kuzatib boradi va havodan ehtimoliy hujumlarni qaytaradi.
Bundan taşqari, Qora dengizga kemaçilik xavfsizligini ta’minlaş uçun patrul kemalarini yuboriş rejalaştirilgan.
Wall Street Journal ma’lumotlariga köra, bu rejani amalga oşirişning asosiy murakkabligi AQŞ prezidenti Donald Trampni bu missiyada AQŞ harbiylarining heç bölmaganda çeklangan iştiroki zarurligiga işontirişdir. Agar Moskva tinçlik kelişuvi şartlarini buzsa, amerikaliklar Yevropa qöşinlarini himoya qilişi mumkin, deb yozadi WSJ.
Xususan, gap Ruminiya va Polşada joylaşgan Amerika aviatsiyasi, şuningdek, NATOning şarqiy çegaralarida yirik kontingent va havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylaştiriş imkoniyati haqida bormoqda.
Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham Rossiyani ehtimoliy hujumdan tiyib turiş uçun AQŞ Ukrainadagi tinçlikparvar operatsiyani harbiy tomondan qöllab-quvvatlaşi zarurligiga işonçi komil, deb yozadi Telegraph.
Nima bölganda ham, Rossiya-Ukraina uruşi şaroitida 30 ming tinçlikparvar askar nima qila oladi? Mojaro tartibga soliş uçun qança kuç va vositalar kerak?
Mavzuga oid
Bunaqasi heç qaçon bölmagan
Ukrainada har biri bir milliondan ortiq kişidan iborat ikkita kuçli, yaxşi qurollangan armiya örtasida harbiy qarama-qarşilik davom etmoqda — garçi barça harbiylar ham janglarda bevosita iştirok etmasa-da. Qariyb 1000 km uzunlikdagi front çiziğida faol harbiy harakatlar olib borilmoqda, front çiziğining umumiy uzunligi esa, Ukraina boş qömondoni Oleksandr Sirskiyning ma’lumotlariga köra, 3700 kilometr çiqadi.
Tarix bunday kölamdagi harbiy töqnaşuv şaroitida tinçlikparvarlik operatsiyalari ötkazilganiga guvoh bölmagan.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti homiyligida ötkazilgan avvalgi yirik tinçlikparvar missiyalarda — Kongo, Kipr, Livan, sobiq Yugoslaviya mamlakatlari hududidagi amaliyotlarda — odatda 15-40 ming harbiy xizmatçi iştirok etgan, barça tomonlarning jangçilari umumiy soni 300 ming kişigaça bölgan.
Köpinça ajratilgan kuç va mablağlar yetarli bölmagan — masalan, 1995 yilda Srebrenitsada Niderlandiya tinçlikparvar kuçlari bosniyalik musulmonlar ommaviy qirğin qilinişining oldini ololmagan.
NATO, AQŞ va Yevropa Ittifoqi davlatlari homiyligi ostida ötkazilgan missiyalar soni köp. Ammo bu operatsiyalar, xuddi öşa sobiq Yugoslaviya yoki Afğonistonda bölgani kabi, tinçlikparvarlik operatsiyalari tuşunçasiga töliq mos kelmaydi — heç bölmaganda birinçi bosqiçda bunday amaliyotlar yoppasiga bombardimon qiliş va quruqlikdagi faol harbiy harakatlar olib boriş bilan birga keçgan. Qolaversa, raqib tomon ham ança zaif bölgan.
Körinib turibdiki, Ukraina bilan bölgan holatda öt oçişni töxtatiş, harbiy harakatlarni muzlatiş va front çiziği böylab demilitarizatsiya (qurolsizlantirilgan) hududi yaratiş töğrisidagi kelişuvsiz heç qanday tinçlikparvarlik operatsiyalari haqida gap bölişi mumkin emas. Ammo muammo faqat bunda emas.
Bir kilometrga bir vzvod
Faol harbiy harakatlar olib borilayotgan ming kilometrlik front çiziğiga ehtimoliy 30 ming tinçlikparvar askar — bu har bir kilometrga taxminan 30 kişi yoki bir vzvod töğri keladi degani. Amalda esa ança kam — bu miqdorning uçdan bir qismi ta’minot bilan şuğullanadi, yana uçdan bir qismi rotatsiya uçun zaxirada qoladi.
Bu miqdor 60 mingga yetkazilsa ham, bu baribir Rossiya yoki Ukraina tomonida jang qilayotgan köplab qöşinlar guruhlaridan birining miqdoriga teng emas.
Bunday kam sonli kuçlar bilan Rossiya-Ukraina örtasidagi ehtimoliy yangi töqnaşuvning oldini oliş — jang qilayotgan fil va karkidonni ajratişga uriniş bilan barobar.
Tinçlikparvar kuçlar faqat eng xavfli uçastkalarga jamlangan taqdirda ham, ular baribir kamlik qiladi. Birinçidan, qayerda keskinlik yuzaga kelişi mumkinligini heç kim bilmaydi, bunday hollarda duşman tomonlar tinçlikparvar kuçlar bilan maslahatlaşmaydi.
Ikkinçidan, agar tomonlardan biri sulhni buzişga qaror qilsa, bu xalqaro kuçlar tomonidan zaif himoyalangan hududda sodir bölişi mumkin.
Uçinçidan, çegara çiziğidagi tinçlikparvar kuçlar bilaturib noqulay vaziyatda — ikki öt orasida, logistika va havodan himoya işonçsiz holatda turadi.
Tahdid orqali tinçlik
Telegraph naşri yozişiça, yevropaliklar bularning barçasini yaxşi tuşunadi va agar yaraşuv bitimi tuzilsa, öz tinçlikparvar kontingentini Ukraina hududi içkarisiga joylaştirmoqçi.
Bu ğoyaning mohiyati — harbiy mojaro yanada keskinlaşuvi tahdidi orqali Rossiya va Ukraina örtasida tinçlikni ta’minlaşdir.
Oddiy qilib aytganda — çegara çiziği özgarmasligini Ukraina va Rossiya quruqlik qöşinlari ta’minlaydi, Qora dengizdagi kemalar qatnovi va havo kengligi xavfsizligi uçun esa Rossiya, Ukraina va NATO davlatlari birgalikda javobgardir.
Yanada osonroği — quruqlikda özingiz hal qiling (kuçlar muvozanati imkon beradi), lekin agar kimdir tinçlik kemasini çöktirsa yoki havodan tinçlikparvar kuçlarga zarba bersa, uni jiddiyroq raqib bilan töqnaşuv kutadi.
Qanday raqib ekani, tuşunarli. Lekin...
Moskvaga qarşi
Agar u NATO yoki alyansga a’zo davlatlardan birining homiyligida ötkaziladigan bölsa, tinçlikparvar operatsiyaning heç qanday formati Rossiyani qoniqtirmaydi.
Yaqinda Saudiya Arabistonida bölib ötgan Rossiya-AQŞ muzokaralari çoğida Rossiya tomoni Ukrainada NATO davlatlaridan heç qanday qöşin joylaştirilişini qabul qilmasligini bildirdi.
Moskva nazariy jihatdan rozi bölişi mumkin bölgan taşqi kuçlar iştirokidagi yeçimning yagona varianti — mojaro zonasiga BMT tinçlikparvar kontingentini yuboriş bölib körinadi. Bunday holda, Xavfsizlik Kengaşi tarkibiga kiruvçi Rossiya xalqaro kuçlarni kiritiş uçun öziga ma’qul şartlarni tanlaş imkoniyatiga ega bölardi.
Yevropa tinçlikparvar missiyasini Moskva bilan kelişiş imkoniyati juda mavhum bölgani sababli, bunday operatsiya — agar uni ötkaziş töğrisida qaror qabul qilinsa — Rossiyaga oçiq çorlov bölişi aniq.
Bunday holda, armiyasi son jihatidan (1 million 300 ming) NATOga a’zo davlatlarning 2/5 qismidan köproğini taşkil etadigan AQŞning yordami juda muhim böladi. Amerika bölinmalarining jangovar qobiliyati va texnik jihozlanişi, şuningdek, Pentagonda tiyib turiş vositasi sifatida ulkan yadroviy arsenal mavjudligi haqida gapirmasa ham böladi.
BMT tinçlikparvar kuçlari şu vaqtgaça tomonlaridan biri yadroviy davlat bölgan mojaroni hal qilişda iştirok etmagan.
Öz-özidan NATOning Turkiya, Fransiya, Germaniya, Britaniya, Polşa, Ispaniya, Italiya kabi alohida a’zolarining harbiy kuçlari ham katta va Yevropa kuçlarining umumiy qudratini AQŞning imkoniyatlari bilan taqqoslaş mumkin.
Ammo Ukrainadagi tinçlikparvarlik operatsiyasi kabi xavflarni öz zimmasiga olişga hamma ham tayyor emas. AQŞning yangi ma’muriyati esa Ukraina ittifoqçilariga qarama-qarşi signallar yubormoqda.
Prezident Donald Tramp Vaşingtonda Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşuvda Birlaşgan Qirollik harbiylariga köp maqtov sözlarini aytdi, ammo Ukrainada hujumga uçragan taqdirda britan qöşinlari AQŞning yordamiga umid qila oladimi, degan savolga aniq javob bermadi.
«Inglizlar aql bovar qilmaydigan askarlar, aql bovar qilmaydigan harbiylar bölişgan va ular özlariga ğamxörlik qila oladi. Agar ularga yordam kerak bölib qolsa, men doim britaniyaliklar bilan birga bölaman, xöpmi? Men doim ular bilan birga bölaman. Ammo ularga yordamning hojati yöq», — deya Trampning sözlarini keltiradi Politico.
Oval kabinetdan çiqqandan söng jurnalistlarning NATO nizomining alyans a’zosiga hujum butun alyansga hujumni anglatişi haqidagi 5-moddasini qöllab-quvvatlaysizmi, deb berilgan savoliga Tramp tasdiq ma’nosida javob qaytardi, ammo agar NATO qöşinlari Ukrainada joylaştirilsa, bunga ehtiyoj bölişi dargumonligini qöşimça qildi.