Naşrning yozişiça, Yevropa iqtisodiyoti rivojlanişni ta’minlaş uçun bir neçta asosiy omillarga suyanardi, ammo hozir bu mexanizmlar işlamayapti:

  • Yevropada aholi qarimoqda, bu esa işçi kuçi kamayib borişi va mehnat bozorida işçi qöllar yetişmasligiga sabab bölmoqda;
  • taşqi bozorlarda talab kamayib, Yevropa mahsulotlarini sotib oluvçi asosiy bozorlar, masalan, Xitoy va AQŞ özlarining içki işlab çiqarişini rivojlantirişga e’tibor qaratişmoqda;
  • içki iste’mol ham iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlamayapti: inflatsiya va iqtisodiy noaniqlik sababli odamlar pullarini tejaşni afzal körişmoqda. Bugungi kunda Yevropa aholisi öz daromadining 15 foizini jamğarayotgan bölsa, pandemiyadan oldin bu körsatkiç 12 foizni taşkil qilgan.

Yevropa Markaziy banki iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş maqsadida foiz stavkalarini 4 foizdan 2,75 foizga tuşirgan va yaqin kelajakda yana kamaytirişi mumkin. Biroq, inflatsiya hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Xizmatlar sohasida narxlar yiliga 4 foizga oşib bormoqda, bu esa pul-kredit siyosatini keskin yumşatiş imkonini çeklab qöyyapti.

Ba’zi siyosatçilar davlat xarajatlarini oşiriş taklifini ilgari surişmoqda. Ayniqsa, mudofaa sohasi va yangi infratuzilma loyihalari orqali iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş mumkin. Germaniya kabi davlatlar bu borada imkoniyatga ega, ammo Italiya va Fransiya kabi qarzi yuqori davlatlar xarajatlarini kamaytirişga majbur, şuning uçun Yevropa miqyosidagi umumiy qöllab-quvvatlaş dasturini amalga oşiriş ehtimoli past.

Yevropa iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun eng katta umid yirik korporatsiyalar va biznes sarmoyalariga boğliq. Yevropa sun’iy intellekt va yaşil texnologiyalar sohasida katta imkoniyatlarga ega, ammo korporativ sarmoyalar sönggi 5 yilda keskin kamaygan. AQŞdagi proteksionistik siyosatning kuçayişi Yevropa kompaniyalarining sarmoyalarini öz vatanlariga emas, balki Amerikaga yönaltirişiga olib kelişi mumkin.

Agar jiddiy özgarişlar bölmasa, Yevropa iqtisodiyoti uzoq muddat davomida past ösiş darajasida qolişi mumkin. Bu holat iqtisodiy inqirozga olib kelmaydi, lekin Yevropa iqtisodiyotining global raqobatbardoşligini çeklab qöyadi, içki siyosiy keskinlikni kuçaytiradi va aholi turmuş darajasini pasaytiradi.

Bu esa uzoq muddatda Yevropani kuçsizlantirişi mumkin. Şuning uçun bugun mintaqa nafaqat öz xavfsizligini ta’minlaş, balki iqtisodiy jihatdan ham rivojlaniş strategiyasini qayta körib çiqişi kerak.