Amerikaning Apple korporatsiyasi Buyuk Britaniya Tergov böyiça tribunaliga qirollik hukumati ustidan şikoyat kiritdi. Bunga mamlakat maxsus xizmatlariga iCloud foydalanuvçilarining şifrlangan ma’lumotlaridan foydalaniş imkoniyatini taqdim etiş talab qilingani sabab böldi, deb yozadi Financial Times.

Bir oy oldin Britaniya hukumati Appleʼdan maxsus xizmatlarga iCloud’ga yuklanadigan barça ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatini berişni talab qilgandi. Hozirda bunday imkoniyat faqat foydalanuvçilarning özlarida bor. Bu turdagi kontentni hatto Appleʼning özi ham kuzata olmaydi.

Fevral oxirlarida Amerika korporatsiyasi bulutli servisning britaniyalik foydalanuvçilari uçun «ma’lumotlarning kengaytirilgan himoyasi» funksiyasini öçirib qöydi.

Apple bunga qadar vaziyatga heç qanday izoh bermay kelayotgandi, çunki bunday sörov qabul qilinganini oşkor etişning özi jinoyat hisoblanadi. AQŞ Milliy razvedkasi boşliği Tulsi Gabbard esa Britaniya hukumatining mazkur talabini amerikaliklarning maxfiylik va fuqarolik erkinligi huquqlarini «yaqqol buziş» deb atadi. Şuningdek, u Apple atrofidagi vaziyat MRB, Milliy xavfsizlik agentligi va Amerikaning boşqa razvedka xizmatlari tomonidan tekşirilişini e’lon qildi.