Buxoro viloyati Romitan tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği lavozimida işlab kelgan Xayrullo Zikrillayev, “Imron Stroy Cluster” MÇJ rahbari Mirjalol Qodirov hamda Romitan sport maktabi direktori vazifasida faoliyat yuritgan Jamşid Avezov jinoiy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, Mirjalol Qodirov şeriklari bilan birgalikda 2023 yil 11 aprel kuni tumandagi 4 ta boğça (5, 6, 14, 9-sonli) hududi atrofiga temir panjara örnatiş böyiça jami 2,2 mlrd sömdan ortiq, şuningdek, 2023 yil mart oyida markaziy sport öyingohini joriy ta’mirlaş uçun 291 mln sömlik, Mirişkor mahallasi hududida mini futbol öyingohini quriş uçun esa 709 mln sömlik şartnomalar imzolagan.

Guruh mazkur şartnomalarni qasddan “Şaffof quriliş” dasturiga kiritmasdan rasmiylaştirib, ularni tuman ğazna bölimidan röyxatdan ötkazmagan. Söngra pudrat şartnomalari asosida MÇJ tomonidan göyoki 3 mlrd 220 mln sömlik metall panjara örnatiş, joriy ta’mirlaş va mini futbol öyingohi quriş işlari bajarilgani töğrisida soxta ma’lumotlar kiritilgan dalolatnomalarni rasmiylaştirişgan. Keyin ularni imzolab, noqonuniy işlariga qonuniy tus beriş maqsadida mazkur soxta hujjatlarni Romitan tumanlararo iqtisodiy sudiga taqdim qilgan. Şu tariqa tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimidan “Imron Stroy Cluster” MÇJ foydasiga jami 3 mlrd 220 mln söm undiriş töğrisida sudning hal qiluv qarorlarini çiqarişga erişişgan. Bu orqali esa bölim va maktabning juda köp miqdordagi mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilişga suiqasd qilişgan.

Bundan taşqari, sudlanuvçilar öz jinoiy qilmişlarini yaşiriş maqsadida öta muhim ahamiyatga ega bölgan hujjatlarni tergov organiga qasddan taqdim etmasdan yaşirib, nobud qilişgan.

Jinoyat işlari böyiça Romitan tuman sudining 2024 yil 13 apreldagi hukmiga köra, Xayrullo Zikrillayev, Mirjalol Qodirov va Jamşid Avezov Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilişga suiqasd qiliş) 3-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topilgan.

Xayrullo Zikrillayevga 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 110 baravari miqdorida jarima, Jamşid Avezovga 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilib, iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi hamda Mirjalol Qodirovga iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

Buxoro viloyat sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 4 iyundagi ajrimi va Buxoro viloyat sudi jinoyat işlari böyiça taftiş instansiyasining 2024 yil 12 sentabrdagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgarişsiz qoldirilgan.