1900-yillarda Sankt-Peterburg şahrida 4 mingga yaqin musulmon yaşagan va ular orasida markaziy osiyolik talabalar va savdogarlar ham bölgan. Lekin jamoat ibodati uçun joy muammo edi. Şunda mahalliy musulmonlar masjid quriş harakatiga tuşişadi.

Joy uçun ruxsat, xarajatlarga pul topişdan taşqari, qurilişga qarşi turadigan provaslav nasroniylarini ham tinçlantiriş masalasi turardi. Masjid kötarişga 500 ming rubl kerak edi. Musulmonlar esa 33 ming rubl töplaşadi, xolos.

Şunda Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon (Said Olimxonning otasi) Peterburgga keladi va podşo Nikolay II bilan nonuşta paytida undan ibodat uçun yer söraydi. Va Peterburg markazidagi joy uçun birdaniga 312 ming rubl tölaydi. Qurilişga esa yana yarim million xayriya qiladi.

Atigi 20 yil musulmonlarga xizmat qilgan masjid binosi 1940-yillarda yopilib, uning minoralaridan biri qurol-aslaha omboriga aylantiriladi. Ön yil ötib hokimiyat masjidni hatto butunlay buzib taşlamoqçi ham bölgan. Ammo bunga musulmon tatarlar va buxorolik jamoalar qattiq qarşilik körsatgan. Şundan keyin bino ibodat uçun yana qaytarilgan.

Bugun Sankt-Peterburg masjidi şaharning eng muhim madaniy yodgorliklaridan biriga aylangan. Uning yonidan ötgan borki, “kiçik Samarqand” bilan suratga tuşişga oşiqadi.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon Ğaniyev Rossiyaga xizmat safari davomida Peterburgdagi masjiddan fotojamlanma tayyorladi. Binoni içkaridan tasvirga oliş mumkin emas, yelkangizdagi tugunni ham taşqarida qoldirasiz – faqat ibodat uçun kiriş mumkin.