Özbekiston Xitoydan arzon tovarlar yetkazib beruvçi Temu platformasiga sanksiya kiritdi. 20 martdan boşlab mamlakatda Temu sayti va ilovasi bloklanadi. Aholiga bu platformada buyurtma bermaslik, hali yetib kelmagan tovarlar uçun tölovni esa qaytarib oliş tavsiya etilmoqda.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qömitasi e’lon qilgan bu yangilikka Vazirlar Mahkamasining 2024 yil oxiridagi qarori asos qilib olingan. Bu qaror bilan, Özbekistonda röyxatdan ötmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlangan. Rasmiylar bu taqiq iste’molçilar manfaatini közlab joriy etilganini aytmoqda.
Xususan, Soliq qömitasining 4 mart kungi bayonotida aytilişiça, Temu platformasi Özbekiston Respublikasining elektron tijorat, çakana savdo, reklama, şaxsga doir ma’lumotlar, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar sohasidagi qonunlarga rioya qilmayapti.
Marketpleyslar sohasi regulyatori – Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ma’lum qilişiça, Temu yo Özbekistonga kelib, şu yerda öz şu’basini oçişi, yoki soliq idoralarida röyxatdan ötib, QQS tölovçisiga aylanişi kerak. Agentlik hisob-kitoblariga köra, ötgan yili özbekistonliklar Temu'dan jami 10 mln dollardan ortiq narxdagi tovarlarni xarid qilişgan.
Eng arzon marketpleys
Temu marketpleysi favqulodda arzon narxlar bilan köplab mamlakatlar bozoriga katta tezlikda kirib borgan. Kompaniya narxlarni maksimal tuşiriş, xarajatlarni qisqartiriş uçun “işlab çiqaruvçidan töğri xaridorga” tamoyili asosida işlaydi. Bu logistika va ombor xarajatlarini kamaytiradi. Bundan taşqari, bozorni egallaş maqsadida demping – narxlarni sun’iy ravişda pasaytiriş strategiyasi ham qöllanadi. Kompaniyaning demping maqsadidagi investitsiyalari yiliga bir neça milliard dollarga baholanadi.
Temu'ning Özbekistonga faol e’tibor qarata boşlaşi 2024 yilning ikkinçi yarmiga töğri keldi. Sentyabr boşida boşlangan agressiv reklama kampaniyasidan atigi bir neça kun ötib, 8 sentabrda Temu ilovasi mamlakatda eng köp yuklab olingan dasturga aylandi. Bu yutuqqa erişişda platformaning asosiy quroli – juda arzon narxlar va ijtimoiy tarmoqlardagi targetli reklamalar böldi.










