Jismoniy şaxs kredit bitimini uning iştirokisiz yoki xabardorligisiz rasmiylaştirilişiga yöl qöymaslik uçun kredit byurosiga ariza beriş yöli bilan u bilan kredit bitimi tuzişni taqiqlaşi mumkin.
Kredit bitimini tuzişni taqiqlaş yoki bunday taqiqni bekor qiliş töğrisidagi ariza murojaat asosida yozma yoki elektron şaklda YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali beriladi. Uşbu xizmat bepul taqdim etiladi.
Taqiqlaş töğrisidagi ariza kredit byurosi tomonidan darhol kredit bitimini tuziş taqiqlangan şaxslar reyestriga kiritiladi.
Kredit bitimini tuziş taqiqlangan şaxslar reyestridan yoki bunday taqiqning olib taşlanganligi töğrisidagi ma’lumotlarni olmasdan turib kredit bitimini tuziş taqiqlanadi.
Şuningdek, kredit byurolariga ta’sir körsatiş çoralari yuzasidan qöşimçalar kiritilmoqda. Markaziy bank kredit byurolariga nisbatan quyidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun çoralar va sanksiyalarni qöllaydi:
• kredit axboroti almaşinuvi töğrisidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvçi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik;
• kredit byurolari xizmatlari iste’molçilarining huquqlarini buziş;
• litsenziya soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Qoidabuzarliklar aniqlanganda Markaziy bank quyidagi çora va sanksiyalarni qöllaşga haqli:
• kredit byurolariga qoidabuzarliklarni bartaraf etiş, şu jumladan, kredit byurolari xizmatlari iste’molçilarining huquqlari buzilişiga olib keluvçi sabablarni bartaraf etiş töğrisida körsatmalar yuboriş;
• BHMning 5 ming baravari miqdorida jarima undiriş.










