AQŞ hukumati IŞID terrorçilik taşkiloti a’zosi Muhammad Şarifullohni qölga oldi. Moliya vazirligining ma’lum qilişiça, u «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan terakt ijroçilariga körsatma berib kelganini tan olgan.

Muhammad Şarifulloh 2021 yil 2 mart kuni Kobuldagi teraktni taşkillaştirgani uçun uşlangan. Söroq davomida u «IŞID-Xuroson» terrorçilik guruhi nomidan teraktga aloqador şaxslarga Kalaşnikov avtomati va boşqa qurollardan qanday foydalaniş böyiça körsatmalar berganini tan olgan. Şuningdek, Şarifulloh hibsga olingan ikki jangarini tanib, ularga özi körsatmalar berganini bildirdi.

3 mart kuni Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastirkin «Krokus Siti Xoll»dagi teraktga aloqador jinoyat işi böyiça tergov harakatlari yakunlanganini ma’lum qildi. Tergov salkam bir yil davom etdi.

Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da 2024 yil 22 mart kuni keçqurun terakt sodir etilgandi. Hodisa oqibatida 145 kişi halok bölgan, 500 dan ortiq taşrif buyuruvçi jarohatlangan. Terakt işi doirasida 11 kişi hibsga olingan.

Fevral oxirlarida «Krokus»dagi terakt işi böyiça ayblanuvçilarning uç nafari Doğistonning Kaspiysk şahrida yana bir hujumni rejalaştirgani ma’lum bölgan edi.