2025 yil 25 fevraldan e’tiboran Özbekiston va Turkmaniston örtasida erkin savdo rejimi joriy etildi. Bu haqda 7 mart kuni Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 16 iyul kuni imzolangan “Özbekiston va Turkmaniston Hukumatlari örtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yönalişlari töğrisida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar töğrisida”gi bayonnoma kuçga kirişi uçun zarur tartibotlarning ikki taraflama bajarilişi yakunlangan.
Uşbu bayonnoma Özbekiston prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan.
Ma’lumot uçun, 2024 yilda Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi savdo aylanmasi 1,14 mlrd dollarni taşkil etib, avvalgi yilga nisbatan 5,5 foizga oşgan.
“Erkin savdo rejimining joriy etilişi natijasida, ayrim turdagi mahsulotlardan taşqari ikki mamlakatda işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, özaro tovarlar savdosidagi mavjud çeklovlar bartaraf etildi va savdo tartibotlari soddalaştirildi.
Masalan, Turkmanistonga olib kirilayotgan mahalliy sement mahsulotlari (bojxona tölovi 100 foiz), töqimaçilik matolari (50 foiz), mebel (50 foiz), şişa idişlar (50 foiz), suv isitiş qozonlari (15 foiz), plastik va polipropilen mahsulotlar (10 foiz), kolbasa va göşt mahsulotlari (1 kg uçun 2 dollar), paxta yoği (1 kg uçun 1 dollar) uçun bojxona tölovlari bekor qilindi”, – deyiladi ISSV axborotida.
Ma’lumot uçun, Turkmaniston MDH doirasida erkin savdo zonasining a’zosi hisoblanmaydi.

















