6 mart kuni Oq uyda AQŞ hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask va AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio örtasida Vazirlar Mahkamasi yiğilişida mojaro yuzaga keldi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.

Gazetaning manbalariga köra, Mask Rubioga «söz hujumini qilgan», jumladan, Davlat departamenti xodimlarini qisqartirişga qodir emasligini aytgan. Uning fikriça, Rubio «heç kimni işdan böşatolmagan».

Bunga javoban Davlat kotibi Mask yolğon gapirayotganini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, Davlat departamentining 1500 nafar xodimi tovon puli evaziga işdan ketgan.

NYT naşrining ta’kidlaşiça, Rubio sönggi bir neça hafta içida Maskdan, jumladan, hukumatni qisqartirişga bölgan yondaşuvidan darğazab edi. Oq uydagi uçraşuvda esa buni baland ovozda aytgan.

Ta’kidlanişiça, Rubio va Mask örtasidagi mojaro davomida Donald Tramp heç narsa demagan va şunçaki nima bölayotganini kuzatgan. Bahs çözilib ketganidan keyin AQŞ prezidenti aralaşib, Rubio «ajoyib iş qilyapti» degan.

NYT söroviga javoban Trampning ayişiça Mask va Rubio örtasida «heç qanday kelişmovçilik» yöq.

Politico xabariga köra, Tramp DOGE faoliyatini muhokama qiliş uçun vazirlar mahkamasi yiğilişini çaqirgan. AQŞ prezidenti yiğilişda Mask faqat kadrlar masalalari böyiça departament rahbarlariga tavsiyalar berişi mumkinligini va yakuniy qaror huquqi yöqligini aytgan. Naşrning qayd etişiça, Tramp DOGE rahbari vakolatlarini çeklaş böyiça birinçi muhim qadamni qöygan. AQŞ prezidenti hukumatda öz işini yaxşi bajaradigan xodimlarni saqlab qolişga harakat qilişini ta’kidlagan.