Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hukumati «Kongo daryosi ittifoqi» isyonçilar harakati yetakçisi Korneil Nangaani qölga olişga yordam berganlar 5 million dollar mukofot puli e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.

«Adliya vaziri Korneil Nangaa, Bertran Bisimva va Sultani Makenga hibsga olişda kim yordam bersa, 5 million dollar miqdorida mukofot puli berilişini e’lon qildi», — deyiladi xabarda.

«Kongo daryosi ittifoqi» isyonçilar guruhi mamlakat şarqida faollaşgan M23 harakatini ham özi içiga oladi. Oldinroq Nangaa M23 Kongo poytaxti Kinşasa tomon harakatlanayotganini e’lon qilgandi. Angola boşçiligidagi muvaffaqiyatsiz keçgan vositaçilik urinişlaridan keyin M23 Kongo şarqiga hujumni qayta tiklagan. Mamlakat rahbariyati qöşni Ruandani isyonçilarni qöllab-quvvatlaşda ayblab, öz qöşinlarini KDRdan olib çiqib ketişni talab qilgan.

Yanvar oxirlarida M23 guruhi isyonçilari Goma şahrini nazorat ostiga olgandi. BMT va mamlakat xavfsizlik organlaridagi manbalarga köra, Goma qamalida isyonçilar bilan birgalikda 3-4 ming atrofidagi ruandalik harbiylar ham iştirok etgan.