AQŞ Maxfiy xizmati xodimlari Oq uy yaqinida paydo bölgan qurollangan erkakka qarata öt oçdi. Bu haqda idora matbuot kotibi Entoni Gulelmi özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
NBC News ma’lumotlariga köra, hodisa 9 martga ötar keçasi sodir bölgan. Mahalliy politsiya Indianadan poytaxt Vaşington tomon harakatlanayotgan «suitsidga moyil odam»ga e’tibor qaratgan.
Maxfiy xizmat agentlari ta’rifga mos keladigan inson piyoda harakatlanayotganini payqagan, keyinroq uning avtomobili ham topilgan. Kuç tuzilmalari xodimlari erkakning yoniga borganida, u öqotar qurolini çiqargan va örtada otişma boşlangan.
Gumonlanuvçi şifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli haqida ma’lumot yöq. Maxfiy xizmat xodimlari orasida heç kimga jarohat yetmagan. Huquq-tartibot xodimlari sodir bölgan voqea yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Ötgan kuzda AQŞ Maxfiy xizmati agentlari prezident Donald Trampning golf klubi yaqinidagi butalar orasida avtomatni körib qolganida öt oçgandi. Gumonlanuvçi qoçib ketgan, biroq köp ötmay u qöşni okrugda qölga olingan edi. Butalar orasidan esa optik möljalga oliş qurilmasi bilan jihozlangan «AK-74» tipidagi avtomat, ikkita ryukzak va GoPro videokamerasi topilgan.












