Apple kompaniyasi özining 7 dyuym ekranli yangi HomePod qurilmasi taqdimotini keçiktirdi. Sababi, gadjet sun’iy intellektga asoslangan Siri imkoniyatlariga tayanadi, avvalroq, uning taqdimoti ham qoldirilgan edi.
Bloomberg şarhlovçisi Mark Gurman sözlariga köra, kompaniya gadjetni yoz oxirigaça çiqarişi taxmin qilingan edi, ammo endi bu amalga oşmaydi, çunki barça harakatlar takomillaştirilgan Siri versiyasini işlab çiqişga qaratilgan.
Bu qurilma haqida ançadan beri gapirilmoqda: u Amazon Echo Hub kabi öziga xos markazga aylanadi, unga uydagi barça aqlli gadjetlar ulanadi. Qönğiroq qiliş, video orqali muloqot qiliş, brauzerga kiriş va multimedia kontentini işga tuşiriş mumkin böladi. Taşqi tomondan, bunday markaz sensorli ekranga ega iPad planşetiga öxşaydi.
Gurman avvalroq HomePod kompaniyaning 2025 yildagi eng muhim yangiligi bölişini aytgan edi. Endi uni qaçon kutiş kerakligi noma’lum.
«Aqlliroq» Siri katta ehtimol bilan 2026 yilga, iOS 20 çiqarilgunga qadar qoldirildi. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, ovozli yordamçi foydalanuvçilar bilan «haqiqiy odam kabi» suhbatlaşa oladi va şu bilan birga ChatGPT, Gemini Live va boşqa çatbotlar bilan raqobatlaşadi.












