«Balujiston ozodlik armiyasi» separatistlari Pokiston janubi-ğarbidagi yölovçi poyezdini öqqa tutdi. Bu haqda guruh bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.
Otişma oqibatida poyezd maşinisti yaralangan va yölovçilar garovga olingan.
Qayd etilişiça, poyezd Kvetta şahridan Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyati tomon harakatlanayotgan bölgan.
AFP’ning Kvetta şahri amaldoriga tayanib yozişiça, jangarilar 450 dan ortiq yölovçini garovga olgan. Ma’lumotlarga köra, jangarilar guruhi temiryölni portlatib, «Sibi tumanidagi poyezdni nazorat qilmoqda». Politsiya xodimiga köra, Kvettadan harakatlangan poyezd «toğlar bilan öralgan tunnel oldida» qolib ketgan. Yaqin atrofdagi şifoxonalarda favqulodda holat rejimi joriy etilgan.
Balujiston — Pokistonning eng yirik va eng qaşşoq viloyatlaridan biri. Mintaqada önlab yillardan beri separatistlar guruhi faoliyat yuritib keladi. «Balujiston ozodlik armiyasi» 1970 yillarda taşkil etilgan. A’zolari tomonidan uyuştirilgan hujumlar uçun ular Pokiston, AQŞ, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq va Xitoyda terrorçilik guruhi deya tan olingan.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 9 noyabr kuni Balujiston viloyatidagi temiryöl vokzalida xudkuş özini portlatib yuborgandi. Portlaş yuzdan ortiq insonlar poyezd kutib turgan Peşavor stansiyasida sodir bölgan va oqibatda 24 kişi halok bölgan edi. «Balujiston ozodlik armiyasi» separatistik guruhi terakt uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.











