Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi
Farg‘onadagi kompyuter o‘yin klubida janjal sodir etib, klub xodimlarini guruh bo‘lib kaltaklagan Otabek Vallomov va uning sheriklari qo‘lga olindi. Farg‘ona viloyati IIBning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, ayblanuvchilarga nisbatan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish va bezorilik – JK 104 va 277-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati
Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati Kun.uzʼga “Vallomov ishi”ning yangi tafsilotlarini ochiqladi.
«1998 yilda tug‘ilgan Otabek Vallomov Baxtiyorjon o‘g‘li joriy 21 fevral kuni tanishlari Muhammadaziz G‘ulomjonov, Qodirov Muhammadali, Mahmudjonov Nazirjon, Omonullayev Muhammadali va Mamajonov Hojiakbarxon bilan bir guruh bo‘lib, «Verona» klubida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, jamoa tartibini va mijozlarning tinchligini buzib, shovqin solgan. Klub ish yurituvchisi Xudoynazarov ularni tartibga chaqirgan paytda janjal chiqarib, uning tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Bundan tashqari, Otabek Vallomov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, janjalning oldini olishga uringan Musayev va Suyarqulovga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, tan jarohati yetkazgan», — deyiladi IIB bayonotida.
Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan Otabek Vallomov hamda uning besh nafar sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksi104-moddasi ikkinchi qismi «b» va «k» bandlari – o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, shuningdek, JK 277-moddasi, uchinchi qismi «g» bandi – bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik harakatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda Otabek Vallomov qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB «Vallomov Otabek hamda uning sheriklaridan jabrlangan» fuqarolardan quyidagi raqamlarga murojaat qilishni so‘ragan: +998950236320, +998732440269 yoki 102. Xabar qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanadi.
Kun.uz oldinroq Otabek Vallomov va uning sheriklari kompyuter klubi xodimlarini kaltaklagani haqida xabar bergandi. Klubdagi shovqin-suron va fuqarolarni kaltaklashni boshlagan yigit o‘zining «Otabek Vallomov» ekanini aytib, kerak bo‘lsa klubni sotib olishini bildirgan. U «xohlagan odamingni boshlab kel», deb baqirgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Baykalortida o‘rmon yong‘inlari sabab federal darajadagi favqulodda holat rejimi joriy etildi
Jahon | 21:49
-
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29
-
Erdo‘g‘an: AFAD va SSV bo‘linmalari jangovar shay holatga keltirildi
Jahon | 21:05
-
WeChat Pay O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilinadi
O‘zbekiston | 21:02
Mavzuga oid

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

17:01 / 28.03.2025