AQŞ respublikaçi senatori Lindsi Grem Rossiya 30 kunlik otaşkesimga rozi bölişiga umid qilmoqda. Ammo agar bu amalga oşmasa, AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy qilişi kerak. Bu haqda u ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.

«Ukraina 30 kunlik otaşkesim haqidagi taklifga rozi bölganini eşitganimdan juda mamnunman. Tramp jamoasi juda yaxşi iş qildi. Umid qilamanki, Rossiya ham bunga ergaşadi. Agar Rossiya rad etsa, biz ularga sanksiyalar kiritişimiz kerak», dedi Grem.

Senatorning ta’kidlaşiça, bu sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki Rossiya tovarlari, jumladan, neft, gaz va uranni sotib oluvçi davlatlarga ham ta’sir qilişi kerak.

«Rossiya Ukrainaga şafqatsizlarça bostirib kirişi oqibatida yengib bölmaydigan iqtisodiy azobni ança oldin his qilişi kerak edi. Men prezident Donald Trampning bu vahşiy uruşni imkon qadar tezroq tugatişga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqişlayman», deb ta’kidladi Grem.

Avvalroq Lindsi Grem AQŞ şu haftada Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etişini aytgandi. Unga köra, agar rossiyaliklar muzokara stoliga ötirmasa, AQŞ prezidenti Tramp taklif qilganidek, sanksiyalar kuçaytirilişi kerak.

Şuningdek, Buyuk Britaniya Kreml elitasiga qarşi yangi şaxsiy sanksiyalar joriy etişi xabar qilingandi. Bunday çeklovlar Kreml elitasining noma’lum muddatga Buyuk Britaniyaga kirişiga tösqinlik qiladi.