Tadbirda iştirok etgan hokim yordamçilariga yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va yangiliklar haqida axborot berildi. Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevralda qabul qilingan “Tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklari faoliyatida zamonaviy taşkiliy tizimni joriy qiliş va moliyaviy qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni hamda “Özagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tuşuntirildi.


Tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklari faoliyatini rivojlantiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça Kengaşning maqsad-vazifalari va “Özagrostar xolding” kompaniyasining joriy faoliyati haqida taqdimotlar ötkazildi.

Şuningdek, seminarda aholi orasida bank mahsulotlarining tarğibotini olib boriş, mahallalardagi qöşimça imkoniyatlarni aniqlaş va fuqarolarning tomorqadan samarali foydalanişiga doir işlarni taşkil etiş böyiça zarur tavsiyalar berildi.

Ta’kidlaş lozimki, “Biznesni rivojlantiriş banki” mahallalarning ixtisoslaşuvidan kelib çiqqan holda tomorqalarda yuqori daromadli mahsulotlar yetiştirişni moliyaviy qöllab-quvvatlamoqda. Bank tomonidan yaqinda yölga qöyilgan “Mahalla bankirlari” bu yönalişda faol iş olib bormoqda.


Bank va “Özagrostar xolding” kompaniyasining hamkorlikdagi loyihalari tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklari faoliyatini zamonaviy asoslarda yanada rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Reklama huquqi asosida











