Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston uç davlatning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi hududi töğrisidagi şartnomani imzolaydi. Bu haqda Imomali Rahmon Bişkekka taşrifi davomida ma’lum qildi.

«Tojik—qirğiz çegarasi töğrisidagi şartnoma imzolanişi bilan biz Sadir Japarov bilan tez orada Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi töğrisidagi şartnomani imzolaşga kelişib oldik», — deydi Tojikiston yetakçisi.

Uşbu hujjat joriy yilning 31 mart kuni Xöjand şahrida uç mamlakat yetakçilari tomonidan imzolanadi.

Davlat taşrifi bilan Bişkekka borgan Imomali Rahmon Tojikiston va Qirğiziston örtasida çegara töğrisidagi şartnomani imzoladi. Uşbu hujjat davlatlararo har tomonlama munosabatlarni rivojlantirişda mustahkam asos bölib xizmat qilişi ta’kidlandi.

Davlat çegarasi töğrisidagi şartnoma imzolanganidan keyin Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari onlayn rejimda ikki mamlakat çegaralaridagi nazorat-ötkaziş punktlarini oçib berdi. 14 martdan mamlakatlar aviaqatnovlarni ham tiklaydi.

Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi çegara 2021 yilning may oyidan beri yopiq. Bu Qirğiziston tomoni qarori bilan aprel oyida ikki davlat harbiy xizmatçilari iştirokida yuz bergan va önlab odamlar halok bölgan qurolli töqnaşuvdan keyin sodir bölgandi.

Eslatib ötamiz, 2017 yili Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston örtasida xuddi şunday şartnoma imzolangan edi.