Özbekistonda Xitoydan arzon tovarlar yetkazib beruvçi Temu marketpleysi 20 martdan boşlab bloklanişi e’lon qilinganidan keyin, Temu ilovasi eng köp yuklab olingan ilovalar röyxatidagi yetakçilikni boy berdi.

Similar Web ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 9 mart holatiga Temu ilovasi özbekistonliklar orasida Google Play'da 35-öringa tuşib ketgan, ayni paytda özbekistonlik Android foydalanuvçilari eng köp Chat GPTʼni yuklab olişyapti. App Store'da ham Temu endi birinçi emas – u 50 ta top-ilovalar röyxatidan ham çiqib ketdi.

Taqqoslaş uçun, 10 fevral holatiga köra, Temu Play Store'da birinçi örinda, App Store'da esa ikkinçi örinni egallagandi. Umuman olganda, yarim yildan beri özbekistonliklar eng köp yuklab olgan ilovalar röyxatida Temu birinçilikni heç kimga bermay kelayotgandi.

Xuşlanmagan Temu – u nega bloklanyapti?

2025 yil 1 iyuldan Özbekistonda röyxatdan ötmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlanadi. Ular yo Özbekistonda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötişi yoki şu’ba korxonasini taşkil etişi kerak böladi. Bu 2024 yil oxirida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan.

Mas’ullar Temu uçun bu talablarni 20 martdan joriy etişga qaror qildi va şu sanadan e’tiboran platforma mamlakatda bloklanadi. Özbekistonliklarga bu marketpleysdan ortiq buyurtma bermaslik, hali yetib kelmagan buyurtmalar uçun esa tölovni qaytarib oliş tavsiya etilgan.

Rasmiylar buni Temu tomonidan Özbekistonning elektron tijorat, çakana savdo, reklama, şaxsga doir ma’lumotlar, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar sohasidagi qonunlariga rioya qilinmayotgani bilan izohladi.

Marketpleyslar sohasi regulyatori – Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ma’lum qilişiça, ötgan yili özbekistonliklar Temuʼdan jami 10 mln dollardan ortiq narxdagi tovarlarni xarid qilgan.