Fransiya Respublikasi prezidenti Emmanuel Makron Yelisey saroyida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga davlat qabul marosimini uyuştirdi.
Qabulda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Fransiya boş vaziri Fransua Bayru boşçiligida Vazirlar Mahkamasi a’zolari, taniqli madaniyat, san’at va fan arboblari, işbilarmon doiralar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Davlat rahbari Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makronga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, bugun bölib ötgan muzokaralar tarixiy ahamiyatga ega ekanini, ularning natijasida mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik darajasiga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Fransiya yetakçisi bugun ötkazilgan muzokaralar natijalarini va imzolangan bitimlarni olqişladi.
«Bir neça yil içida biz energetika, suv resurslarini boşqariş, kommunal xizmatlar, transport, barqaror turizm kabi muhim sohalarda uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini örnatişga erişdik. Buning dalili sifatida Fransiya hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi kömagida fransuz kompaniyalari Özbekistonga investitsiya kiritayotgani, hududlarda qöşilgan qiymat va iş örinlari yaratilayotgani, yoşlar kasb örganib, hayotda öz örnini topayotganini keltirişim mumkin», – dedi Emmanuel Makron.





Tomonlar xalqlarimiz farovonligi yölida Özbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlaşga qat’iy intilişlarini bildirdilar.

«Yaşasin Özbekiston, yaşasin Fransiya!»
Makron Yelisey saroyida uyuştirilgan qabul marosimi vaqtidagi nutqida özbek tilida mulozamat körsatdi.




















