Xususan, taşrif doirasida ötkazilgan Biznes-forum davomida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB va Fransiyaning taraqqiyot agentligi (AFD) örtasida 30 mln yevro miqdoridagi kredit liniyasi böyiça asosiy şartlar töğrisida bitim imzolandi. Uşbu loyiha ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş va Özbekistonda gender tengligini ta’minlaşga yordam berişga qaratilgan. Ajratilgan mablağlar belgilangan gender mezonlariga javob beradigan korxonalarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi. Bu esa ayollar uçun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş yölida muhim qadam böladi deyiş mumkin.

Uşbu bitim Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş doirasida amalga oşiriladi va ayollar uçun biznes sohasida qulay şaroitlar yaratişni közda tutadi.

Şuningdek, “Biznes rivojlantiriş banki” ATB va Union of Arab and French Banks (UBAF) örtasida 20 mln yevro miqdoridagi hamkorlik kelişuvi imzolandi. Uşbu kelişuv savdo moliyalaştiriş sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiriş, korrespondentlik munosabatlarini örnatiş va investitsiya loyihalarini amalga oşirişga qaratilgan bölib, ikki mamlakat moliyaviy institutlari örtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Aytiş mumkinki, bank va xorijlik hamkorlar örtasida imzolangan hujjatlar Özbekiston va Fransiya örtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va barqaror rivojlanişga xizmat qiladigan qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratişga yöl oçadi.

Uşbu kelişuvlar ham özaro manfaatli şeriklik va işonçga asoslangan özbek-fransuz munosabatlarining jadal rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Reklama huquqi asosida