Özbekistonda 2024/25 öquv yilining boşlaniş payti holatiga, xususiy maktablarda öqiyotgan öquvçilar soni 112 ming 93 nafarga yetdi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, bu – ötgan öquv yilida qariyb 2 barobar, 2018/19 öquv yili boşiga nisbatan esa 8,1 barobarga köproq.

Yillar kesimida nodavlat maktablarda öquvçilar soni:

➖ 2018/19 – 13 769 nafar;

➖ 2019/20 – 21 042 nafar;

➖ 2020/21 – 26 970 nafar;

➖ 2021/22 – 30 553 nafar;

➖ 2022/23 – 45 927 nafar;

➖ 2023/24 – 64 010 nafar;

➖ 2024/25 – 112 093 nafar.

Hozirgaça eng katta ösiş 2024/25 öquv yiliga töğri keladi: bir yil oldingiga nisbatan xususiy maktablardagi öquvçilar soni 75 foizga köpaygan.

Pandemiya yilida esa ösiş sekinroq bölgan. Umumiy tendensiyaga qaralsa, oxirgi 6 yilda xususiy maktab öquvçilari soni örtaça yillik hisobda juda tez ösgan – 43,1 foiz.

Farzandini xususiy maktabga bergan ota-onalarga soliq imtiyozi bor

2022 yil 1 apreldan boşlab nodavlat maktab va maktabgaça ta’lim muassasalariga ota-onalar tomonidan farzandi uçun oyiga 3 mln sömgaça yönaltirilgan summalar jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğidan ozod qilingan.

Bu imtiyozdan biryöla iş haqi orqali tölovlarni amalga oşirayotganda foydalanib qoliş mumkin. Agar foydalanmasa, deklaratsiya töldirib, qaytarib olsa böladi. Bunda xususiy nodavlat maktab va maktabgaça ta’lim muassasasi bilan şartnoma va yönaltirilgan summa haqida asoslovçi ma’lumotlar bölişi lozim.

Agar ota-ona maktabga tölov qilayotganda bu imtiyozdan foydalanmagan bölsa, yil yakunlari böyiça soliq organlariga deklaratsiya topşirib, soliqni qaytarib oliş mumkin. Buning uçun my3.soliq.uz portaliga kirib, “barça xizmatlar” bölimi tanlanadi. Bölimdagi jismoniy şaxslar yozuvi ustiga bosiladi. Deklaratsiya töldiriş uçun elektron raqamli imzo bölişi kerak. ERI orqali kirilganda hisobot turi, davr qatorlari töldiriladi.