May oyidan boşlab Sidzuoka prefekturasidagi uçta maşhur yönaliş böylab Fuji toğiga çiqiş uçun turistlar 4 ming iyena (27 dollar) tölaşlariga töğri keladi. Kyodo agentligining ma’lum qilişiça, Yaponiya ramzi bölgan toğga çiqişni pulli qiliş töğrisida qaror 17 mart kuni prefektura hukumati tomonidan qabul qilingan.

Ötgan yili yoz mavsumida Yamanasi prefekturasi ham Fuji toğiga çiqişni pulli qilgan edi, joriy mavsumda esa tölovlarni ikki barobarga — 4 ming iyenagaça oşirdi.

Fuji toğiga çiqiş uçun tölov bilan bir qatorda, Sidzuoka hukumati bir qator çeklovlarni ham joriy etdi. Xususan, yangi mavsumdan — 2025 yil 1 iyuldan boşlab toğdagi bazada joy band qilmaganlar soat 14:00 va 03:00 oraliğida unga kötarilişi mumkin emas. Uşbu çora «tezkor kötariliş» holatlarining oldini olişga qaratilgan. Bunday holatda turistlar yölda dam olmasdan, tunda çöqqiga çiqişga harakat qiladi, bu esa xavfli hisoblanadi.

Fuji toğiga çiqiş uçun ruxsatnomalar savdosidan tuşgan mablağ prefektura tomonidan yöllardagi xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş va xodimlar iş haqini tölaşga yönaltiriladi. Hukumat rejasiga köra, tölov va çeklovlar joriy etilişi toğga çiqmoqçi bölgan sayyohlar sonining haddan taşqari köpayişi muammosini hal qilişi kerak.

Ta’kidlanişiça, haddan taşqari köp sayyoh oqimi mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir körsatmoqda. Ötgan yili turli yönalişlar böylab 3 776 metr balandlikdagi Fuji toğiga 204 mingdan ortiq kişi kötarilgan.

Ma’lumot uçun, sayyoradagi eng gözal vulqon toğlaridan biri sanaluvçi, deyarli ideal konus şaklidagi Fudziyamada oxirgi marta bundan 300 yilça oldin vulqon otilgan. Olimlar vulqon yaqin vaqt içida uyğonmasligini işonç bilan ta’kidlaşadi. Fujiga har yili taşrif buyuradigan sayyohlarning 30 foizi – xorijliklardir.