2025 yil 14 martda prezidentning “Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillaştiriş va qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar bermoqda.
Farmonni qabul qilişdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiqlaştiriş hisoblanadi.
Farmon bilan 2025 yil 1 iyuldan boşlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:
- Çarm xomaşyosi va yarim tayyor çarm mahsuloti, ipak xomaşyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga (amalda mazkur tovarlarni eksport qiliş uçun uyuşmalarning yiğimlari belgilangan bölib, endilikda ular bekor qilindi);
- Göşt mahsulotlari, buğdoy, don, guruç, mineral öğitlar, çarm xomaşyosi, PeT çiqindilar, rangli metallom va çiqindilariga (amalda uşbu tovarlarga Özbekiston Respublikasi prezidenti yoki hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qiliş mumkin edi. Endi uşbu talablar bekor qilindi);
- Özbekistonda qöşilgan qiymat yaratiş, qayta işlaş sanoatini qöllab-quvvatlaş maqsadida respublikada işlab çiqariladigan strategik xomaşyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral öğitlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomaşyosi);
Mazkur farmon eksport tartib-taomillarini yanada takomillaştiriş, mahalliy xomaşyo asosida qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulot işlab çiqarişni rağbatlantiriş va qayta işlaş sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlanmoqda.
Avvalroq bojxonada yuk maşinasini bölaklarga bölib olib kirişga uriniş aniqlangani ma’lum qilingandi. Hujjatlarda avtomobilning 11 turdagi ehtiyot qismlari deb körsatilgan yuklar aslida yaxlit bitta tovar – tayyor holatdagi samosvalning bölaklari bölib çiqqan. Bojxona qömitasiga köra, bu orqali yuk egasi 800 mln sömlik bojxona tölovidan qoçmoqçi bölgan. Iqtisodçilar bunday holatlar mahalliy işlab çiqaruvçini himoyalaş uçun joriy etilgan yuqori bojlarning oqibati ekanini ta’kidladi.











