Xitoyning BYD kompaniyasi 1 000 voltli arxitekturaga ega yangilangan elektromobil platformasini işga tuşirdi, deb xabar beradi Reuters.

Qayd etilişiça, bu elektromobillarni an’anaviy avtomobillarga benzin quyiş jarayoni kabi tezlikda quvvatlaş imkonini beradi.

BYD asosçisi Van Çuanfuning sözlariga köra, yangi platformadagi avtomobillar 1 000 kilovattgaça quvvatda quvvatlanadi va atigi beş daqiqalik quvvatlaşdan söng 400 kilometr masofani bosib öta oladi.

Uning aytişiça, 1 000 voltli arxitektura asosida işlab çiqariladigan ilk elektromobillar Han L sedan va Qin L yöltanlamasi böladi.

Avtomobilsozlik kompaniyasi, şuningdek, Xitoyda 4 mingdan ortiq ultratez quvvatlaş stansiyalarini qurişni rejalaştirmoqda, biroq loyihani amalga oşiriş muddati va investitsiya hajmini hozirça oçiqlamagan.