Maktab direktori va o‘rinbosarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining oyligi oshiriladi
2025 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi. 2026 yil 1 yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Foto: Kun.uz
Prezident maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi farmon imzoladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.
Farmonga bilan maktab direktori va uning o‘rinbosarlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
Xususan, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi. Bog‘chalar direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bog‘cha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor o‘rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab esa umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Shuningdek, tuman bo‘limlarida qo‘shimcha shtatlar ajratilmoqda va bu o‘quvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, o‘quvchilarga xorijiy til va kasbga o‘rgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyatini yaratadi.
Hududiy bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish joriy etilmoqda. Jumladan, vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, maktab xodimlari mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.
Yana bir muhim o‘zgarish – avvallari maktablarning bo‘sh turgan binolari ijarasidan tushgan mablag‘larning 40 foizi o‘sha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablag‘larning 75 foizi o‘sha maktab rivojiga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi
Jahon | 00:58
-
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi
O‘zbekiston | 00:24
-
Tramp amaldorlarga Signal messnejyeridan foydalanmaslikni tavsiya qildi
Jahon | 00:13
-
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi
Jamiyat | 23:32 / 28.04.2025
Mavzuga oid

12:53 / 14.04.2025
Besh kunlik dars tizimi haqida pedagoglar qanday fikrda?

12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi

21:06 / 04.04.2025
Yevropa Ittifoqida eng ko‘p soatbay ish haqi qaysi davlatlarda to‘lanadi?

16:53 / 01.04.2025