Özbekistonda Haj ziyorati 364-sonli hukumat qaroriga asosan, Din işlari böyiça qömita va Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi örtasida har yili imzolanadigan şartnoma asosida Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oşiriladi. Bu haqda eslatgan Din işlari böyiça qömitaga köra, Haj ziyoratiga olib boriş faoliyati bilan boşqa taşkilotlarning şuğullanişiga yöl qöyilmaydi.
Umra ziyorati uçun esa Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi hamda 12 ta tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya berilgan.
Ma’lum qilinişiça, ayni kunlarda Din işlari böyiça qömita hamda mutasaddi idoralar Haj va Umra ziyoratlarini tartibga soliş böyiça çoralar körmoqda.
Xususan, sönggi ikki oyda Haj va Umra ziyoratini qonunga xilof ravişda taşkil etişning oldini oliş maqsadida ötkazilgan tekşiruvlarga köra:
– «Umra» litsenziyasiga ega bölmasdan, uşbu xizmatni körsatayotgan 31 ta sayyohlik firmasi mas’ullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi;
– «Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida»gi qonun talablari asosida Umra faoliyatini litsenziyasiz amalga oşirgan 24 ta turfirmada tekşiruv ötkazildi hamda ularning 19 tasiga 75 mln sömdan jarimalar qöllandi. Ulardan 5 tasi «Reklama töğrisida»gi qonunçilikka asosan Raqobat qömitasiga va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qonuniy körib çiqiş uçun yuborildi.











