Yevropa Ittifoqining 10 ta davlati «Ozodlik radiosi»ni moliyalaştiriş uçun muqobil manbalarni izlaşga tayyorlik haqida qöşma bayonotni imzoladi.
Qayd etilişiça, bayonotga Avstriya, Beliya, Çexiya, Estnoya, Germaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Sloveniya va Şvetsiya imzo çekkan. Unda aytilişiça, «Ozodlik radiosi» «ayniqsa, matbuot erkinligi tahdid ostida bölgan hududlar fuqarolariga mustaqil, xolis va faktlarga asoslangan ma’lumot yetkazişda muhim rol öynagan». «Sovuq uruş davrida u «temir parda» ortidagi auditoriya uçun eng muhim işonçli axborot manbai bölib xizmat qilgan va köplab mamlakatlarimiz tarixida muhim rol öynagan», — deyiladi hujjatda.
Bayonot mualliflarining ta’kidlaşiça, «Ozodlik radiosi» «Yevropa xavfsizligi uçun öz hissasini qöşmoqda» va uning yopilişi «Yevropaning raqiblariga sovğa böladi».
«Ozodlik radiosi»ni qöllab-quvvatlaş taşabbusini Çexiya ilgari surdi. Politico ma’lumotlariga köra, aynan Praga 17 mart kuni Bryusselda ötkazilgan YeI taşqi işlar vazirlari uşraşuvida uşbu masalani kötargan. Taşabbusni boşqa davlatlar ham qöllab-quvvatlagan.
Yevropa diplomatsiyasi rahbari Kaya Kallas YeIga «AQŞ qoldirib ketayotgan böşliqni töldiriş» oson bölmasligini, çunki Yevroittifoqda «şu kabi iltimoslar bilan murojaat qilayotgan taşkilotlar köpligini» ta’kidlagan.
14 mart kuni Donald Tramp yettita federal agentlikni, jumladan, «Amerika ovozi» va «Ozodlik radiosi»ni nazorat qiluvçi Global Media agentligini qisqartirişga oid farmonni imzoladi. Şundan keyin «Amerika ovozi» öz faoliyati töxtatilayotganini ma’lum qildi, uning xodimlariga esa işdan böşaş töğrisida rasmiy xabarnomalar jönatiş boşlangan.









