Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmonida davlat organlari va taşkilotlari 1 aprelga qadar ötgan yildagi öz faoliyatiga oid hisobotni jamoatçilik iştirokida muhokama qiliş uçun matbuot anjumanlarini ötkazişi belgilangan.

Şunga muvofiq, “Biznesni rivojlantiriş banki” 2024 yildagi faoliyati yuzasidan jamoatçilikka hisobot berdi.  Bank tomonidan norasmiy muloqot platformasi sifatida taşkil qilingan “BRB döstlari” klubi doirasida ötkazilgan tadbirda bank erişgan asosiy iqtisodiy körsatkiçlar, biznes rivoji uçun yönaltirilgan sarmoyalar, xalqaro hamkorlik natijalari va tatbiq qilingan loyihalar haqida axborot berildi.

Qayd etilişiça, 2025 yil 1 yanvar holatiga bankning umumiy kapitali yil boşiga nisbatan 35,1 foizga ösib 4 trln 295 mlrd 500 mln sömga yetdi. Şuningdek, bankning daromad keltiruvçi aktivlari yil boşiga nisbatan 12,8 foizga ösdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, “Biznesni rivojlantiriş banki”aholining turmuş farovonligini oşiriş, kambağallikni qisqartirişga qaratilgan aniq manzilli iqtisodiy islohotlarning faol iştirokçisi bölib kelmoqda. Bank “Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş” kompleks dasturining asosiy tayanç banki sifatida kiçik biznesni qöllab-quvvatlaşga, yangi iş örinlari va aholi uçun qöşimça daromad manbalarini yaratişga sarmoyalar kiritmoqda. Xususan, Dastur doirasida 17 676 nafar tadbirkorlar 1,7 trln söm miqdorida moliyalaştirilgan.